Qoraqalpoq tili fan oyligi davomida oʻquvchilarning bilimlari yanada boyitilmoqda
Qoraqalpogʻiston Pespublikasida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga bu yil 30-yil toʻladi. Shu sababli 1-sonli ummutaʼlim maktabida qoraqalpoq tili fan oyligi oʻzgacha ruh bilan boshlandi.

Maktabda shu munosabat bilan fan oyligining dastlabki kunida koʻrgazma tashkil etildi. Koʻrgazmada qoraqalpoq milliy liboslari, adib va shoirlarning suratlari, ularning hayoti, ijodi aks ettirilgan bukletlar, asarlari, oʻquvchilarning qoʻl mehnati namunalari namoyish qilindi. Oʻquvchilarga Qoraqalpogʻistonda mustaqillik sharofati bilan qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgani, uning oʻzbek tili bilan birga davlat tili sifatida yuritilishi, bu tilda ijod qilgan adib va shoirlar, xalq ogʻzaki ijodi namunalari haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, ularga fan oyligi doirasida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar, ochiq oʻquv mashgʻulotlari, adabiy kechalar, uchrashuvlarda faol ishtirok etish lozimligi tushuntirilib, bilimdonlar ragʻbatlantirilib borilishi aytib oʻtildi.

Qoraqalpoq tili fan oyligi tadbirlari oʻquvchilarning bilimlarini, qiziqishlarini yanada oshirmoqda.
Dildora Qoʻchqorova, 1-sonli maktabning
qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶