16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 22:10
Jamiyat 👁 535

YoNGʻIN XAVFSIZLIGIGA RIOYa QILISh VA IS GAZIDAN ZAHARLANIShNING OLDINI OLISh HAR BIR FUQARONING VAZIFASI

YoNGʻIN XAVFSIZLIGIGA RIOYa QILISh VA IS GAZIDAN ZAHARLANIShNING OLDINI OLISh HAR BIR FUQARONING VAZIFASI

Yongʻin xavfsizligi talablarini amalga oshirish har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir. Afsuski, ayrim kishilarning bu oddiy haqiqatni yetarlicha anglamay yongʻin xavfsizligi qoidalariga eʼtiborsizligi tufayli yongʻinlar kelib chiqmoqda.

2019-yil 10 oy davomida tumanimizda 26 ta yongʻin hodisasi qayd qilindi. Bunday katta-kichik yongʻinlar fuqarolarga anchagina moddiy va maʼnaviy zarar keltirmoqda. Yongʻin kelib chiqishi sabablarini taxlil qilib koʻrganimizda bularga uylarda gaz va elektr tarmoqlaridan toʻgʻri foydalanmasak, uyda yosh bolalarni qarovsiz qoldirib, ularning gugurt oʻynashlariga eʼtibor bermayotganligimiz aniqlandi. Bunday noxush hodisalarning oldini olish uchun har birimiz yongʻinning oldini olishga doir talab qoidalarga amal qilishimiz, gaz va elektr uskunalaridan toʻgʻri foydalanishimiz, bolalarni uyda qarovsiz qoldirmasligimiz, turar joylar, korxona va muassasa binolaridagi isitish qozonlarining oʻchoq hamda pechlarning yaroqliligini, moʻrilari va gaz plitalarning jumraklari sozligini tekshirib, ularni yongʻinga qarshi kurashish jamiyati orqali koʻrikdan oʻtkazib qoʻyishimiz lozim boʻladi.

Yongʻin xavfining oldini olib, noxush oqibatlari haqida gapirganda koʻz oldimizga avvalo kuyib kulga aylangan uy-joylar, binolar, kasalxonalarda kuyish tufayli tan jarohati olib azoblanayotgan kishilar keladi. Qanchadan-qancha odamlar boshpanasiz qoladi, salomatligini yoʻqotadi, ayrim hollarda esa kishi hayotdan bevaqt koʻz yumadi.

Yil davomida yongʻinlarning koʻpchilik qismi fuqarolarning turar joylarida sodir boʻlgan. Shuning uchun olovdan toʻgʻri foydalanish chora-tadbirlarini yana bir bor eslatib oʻtamiz. Uy joylarni toʻgʻri loyihalash, namunali qurish, gaz va elektr jihozlaridan mazkur qoidalarga amal qilgan holda ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2019-yil 14-oktyabrdagi 150-sonli bayoniga asosan Respublikamiz boʻyicha “Is gazi” tadbiri oʻtkazilmoqda oʻtgan davr mobaynida sodir boʻlgan yongʻinlar hamda gaz va havo aralashmasining chaqnashi va is gazidan zaharlanishiga bogʻliq baxtsiz hodisalarni inobatga olib, bunday noxush holatlarning oldini olish va aholi turar joylarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Tumanimizda 4 ta ishchi guruh tashkil qilinib, tuman hududidagi mahallalarda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida qish faslining xalovatli oʻtkazilishini taʼminlashda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga ayrim mahallalarda yongʻin xavfsizligi qoidalarini qoʻpol ravishda buzayotgan fuqarolarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Tuman Yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi Mangʻit shahri 3-Kasbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismi va Qipchoq shaharchasi 4-Kasbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismi shaxsiy tarkibi tomonidan tumanimiz hududida tadbir boshlangandan shu kunga qadar 1834 ta fuqarolarga yongʻinning oldini olish va is gazidan zaharlanishlarning oldini olish boʻyicha gaz ballonlardan, gaz va elektr moslamalaridan xavfsizlik qoidalari talablariga  asosan toʻgʻri foydalanishlari, isitish pechlarining moʻrikonlari sozligini doimiy nazorat qilishlari, nosoz qoʻlbola va oʻzboshimchalik bilan oʻrnatilgan gaz va elektr uskunalaridan foydalanmasliklari boʻyicha tushunchalar, suhbat va yoʻriqnoma berib borildi va sodir boʻlishi  mumkin boʻlgan yongʻinlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is gazidan zaxarlanishi va boshqa noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot qiluvchi eslatma va yoʻriqnomalar tarqatildi.

Azizbek YuSUPOV, YoXB katta inspektori, katta serjant.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026