SAYLOVGA DOIP OʻQUV-SEMINAPLAP OʻTKAZILMOQDA
Joriy yilning 22-dekabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, viloyat, tuman Kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlar mamlakatimiz hayotida gʻoyat muhim ijtimoiy-siyosiy voqea boʻlib hisoblanadi. Chunki mamlakatimizning ertagi kuni, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning surʼati va davomiyligi, natijasi saylovchilar qabul qiladigan qarorga koʻp jihatdan bogʻliq.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyening 2018-yil 6-noyabrda qabul qilgan 4004-sonli Qarorida ham saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish, fuqarolar konstitutsiyaviy saylov huquqlarining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha umumeʼtirof etilgan xalqaro printsiplar va standartlarni hisobga olgan holda, saylov tizimi va qonunchiligini bosqichma-bosqich leberallashtirish mamlakatimizda saylov tizimini yanada takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan.
Ayni kunlarda butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham yaqinlashib kelayotgan saylovlarga tayyorgarlik ishlari qizgʻin tus olmoqda, fuqarolarga bu borada maʼlumotlar beruvchi targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Shuningdek, tumandagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat va mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi okruglar, uchastkalar saylov komissiyalari aʼzolari uchun saylovlarni uyushqoqlik bilan, amaldagi qonuniy-meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq oʻtkazilishiga erishish uchun bu boradagi oʻzgarishlarni targʻib etishga bagʻishlangan oʻquv-seminarlari oʻtkazilmoqda, “bitta saylovchi – bitta ovoz” tamoyilini amalga oshirish lozimligi tushuntirilmoqda.
11-14-noyabr kunlarida oʻtkazilgan oʻquv-seminarlariga dastlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Amudaryo tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okruglardagi uchastka saylov komissiyalari aʼzolari ikki guruhga boʻlingan holda jalb qilindi.
Ularga saylovga doir qonunchilikdagi oʻzgarishlar xususida, 22-dekabr kuni saylovlarni namunali va faollik bilan oʻtkazilishini taʼminlash xususida maʼruzalar oʻqilib, bu boradagi bilimlari mustahkamlanmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶