16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 22:11
Jamiyat 👁 543

“Oila va mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli tashkil etishda jamoat va davlat tashkilotlari hamkorligi” mavzusida oʻquv-seminari tashkil etildi

“Oila va mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli tashkil etishda jamoat va davlat tashkilotlari hamkorligi” mavzusida oʻquv-seminari tashkil etildi

Bugungi kunda yoshlarimizning erishayotgan yutuq va marralarini koʻrib, birdek quvonamiz. Ayniqsa, sport va ilm-fan bobidagi muvaffaqiyatlari har qancha tahsinga loyiq. Ammo shunga qaramay, yosh avlod tarbiyasi bilan bogʻliq muammolar ham koʻzga tashlanayotir. Xususan, oilaviy ajrashishlar, jinoyat va huquqbuzarliklar koʻpayishi, milliy urf-odat va qadriyatlarga boʻlgan hurmatsizlikning kuchayishi, aldamchi gʻoyalar ketidan ergashib ketish holatlari ortgani barchani hushyorlikka chogʻlamoqda. Ana shu hayotiy zarurat hamkorlik dasturi ishlab chiqildiki, ular mahallalar va oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish orqali yoshlarni Vatanga sadoqatli insonlar qilib kamolga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadni amalga oshirish yuzasidan joylarda targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Xususan, 2019-yil 7-noyabr kuni Amudaryo tuman hokimligi majlislar zalida “Oila va mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli tashkil etishda jamoat va davlat tashkilotlari hamkorligi” mavzusida oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

Oʻquv-seminarda Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Pespublikasi va Amudaryo tumani kengashlari maʼullari, hamkor tashkilotlar, yaʼni tuman hokimligi, Pespublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi, Yoshlar ittifoqi, tuman ichki ishlar boʻlimi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi tuman boʻlimi masʼullari ishtirok etib, kun tartibidagi masala boʻyicha maʼruzalar qildi.

Oʻquv-seminari ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raisi hamda masʼul kotiblari, nuroniylar, xotin-qizlar va uyushmagan yoshlar vakillari ishtirok etib, Oilalarda mehr-oqibatni mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish, toʻy va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish kabi bugungi kunning dolzarb masalalarini tahlil qilishdi hamda hayotiy misollar bilan keng tushunchalar berdilar.

Oʻquv-seminarda oilalar va mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish, jamoat va davlat tashkilotlari oʻrtasida bir-birini toʻldiradigan, samarali hamkorlikni joriy etish, ushbu yoʻnalishda jamoat tashkilotlari oʻrtasida imzolangan hamkorlik dasturida belgilangan vazifalar keng muhokama etildi.

Oʻz navbatida, dasturda aholining maʼnaviy tushunchalarini boyitish, milliy-axloqiy va huquqiy tarbiyasini, boy adabiy merosimizga boʻlgan mehrini shakllantirishda mahalla institutining rolini yanada oshirish, xususan, toʻy va boshqa oilaviy marosimlarni ixcham va kamxarj oʻtkazish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratildi. Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.

Tan olish kerak, bugun ayrim yigit-qizlarimiz mustaqil hayotga tayyor boʻlmasdan turmush qurish holatlari koʻp kuzatilmoqda. Buning oqibatini tobora oshib borayotgan ajralishlarning soni ham koʻrsatib turibdi. Afsuski, bugun toʻy-hasham, marosimlarimizda ham orzu-havaslarga berilib, ota-bobolarimiz amal qilgan urf-odatlarga amal qilmasdan, ortiqcha rasm-rusumlar, dabdababozlik, begona “urf-odatlar”ga koʻr-koʻrona ergashish holatlari ham koʻp uchramoqda.

Bunday illatlarga barham berish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Zero, hayotimizda uchrayotgan ayrim kamchilik va muammolarni birgalikda hal qilsak, salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan imkoniyat va harakatlarimizni birlashtirsak, mahallamiz va yurtimiz tinch, turmushimiz esa yanada farovon boʻladi.

Charos Arslonova,

Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026