TÖY VA MAROSIMLARNI TARTIBGA SOLIŞ TARĞIBOTIGA BAĞIŞLANGAN YIĞILIŞLAR ÖTKAZILMOQDA
Töylar, marosimlar, oilaviy tantanalar xalqimiz hayotining közgusi, azaliy qadriyatlaridandir. Yaxşi kunlarida bir-birovning quvonçiga şerik böliş, qayğuli damlarida suyançik böliş – asrlar oşa yaşab kelayotgan, turmuş tarzimizdan örin olgan urf-odatlarimizdir.
Afsuski, keyingi yillarda töy-marosimlar bavdavlat oilalarning “bori”ni köz-közlaydigan minbarga aylanib, ortiqça sarf-xarajatlar, isrofgarçiliklarga yöl qöyilayotgani köpçilikning haqli eʼtirozlariga sabab bölayotgan edi. 2019-yil 14-sentyabrda Özbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunçilik palatasi va Senati Kengaşlarining qabul qilgan “Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qöşma qarori şu boisdan ham yurtdoşlarimiz tomonidan qizğin qöllab-quvvatlanmoqda.
Uşbu qarorga muvofiq qabul qilingan Nizomda esa töy, marosimlarni, oilaviy tantanalarni ötkaziş tartiblari, uşbu qoidalarga böysunmaganlarga berilangan çoralar belgilangan.
Uşbu tartib-taomillar kelgusi 2020-yilning 1-yanvaridan kuçga kiradi.
Tumanimizda uşbu qaror va unga köra qabul qilingan Nizom mazmun-mohiyatini aholiga keng tarğib qiliş maqsadida işçi guruh tuzildi. Guruh ayni kunlarda tumanimizning barça hududlarida yiğilişlar ötkazib, unda sönggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va anʼanalarini özida aks ettiruvçi töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazişda şuhratparastlik, özini köz-köz qiliş, boşqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarçilik, xalqimizning asrlar oşa yaşab kelayotgan urf-odatlari va anʼanalarini mensimaslik kabi illatlar avj olib ketganini, bu ayrim oilalarni töy, marosimlarni ötkazişda qiyin holatga solib qöyayotgani va bunga endilikda çek qöyiş lozimligi haqida hayotiy misollar orqali tuşuntirmoqdalar.
Yaqinda şunday yiğilişlardan biri Qipçoq ovul fuqarolar yiğinida bölib ötdi.
Yiğilişdao vul fuqarolar yiğini masʼul xodimlari, hudud aholisi va tuman işçi guruh aʼzolari iştirok etdilar.
Yiğilişni yiğin raisi S.Nametov oçdi va olib bordi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan işçi guruh aʼzolari - Mahalla Kengaşi raisi örinbosari M.Kazakov, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi B.Allaberganovlar öz fikr-mulohazalarini bildirdilar, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunçilik palatasi va Senati Kengaşlarining “Töylar oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qöşma qarori va unga muvofiq qabul qilingan Nizom ahamiyati haqida batafsil tuşunçalar berdilar, turmuşimizga tatbiq etiş bu boradagi kamçiliklarga barham berişini taʼkidladilar.
Ana şunday yiğilişlar tuman işçi guruhi aʼzolari iştirokida Xitoy, Qiliçboy ovul fuqarolar yiğinlarida ham ötkazildi.
Otabek IBRAGIMOV,
“Mahalla” Kengaşi raisi örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶