Fan va taʼlim
👁 454
BOShLANGʻICh SINFLAR OʻQITUVChILARI UChUN SEMINAR - TRENING OʻTKAZILDI
Shu yilning 31-noyabrida Mangʻit shahridagi 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan maktablar boshlangʻich sinflari oʻqituvchilari uchun “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining kreativlik faoliyatini shakllantirishda interfaol usullardan samarali foydalanish” mavzusida seminar – trening oʻtkazildi.
Tadbirda tumandagi barcha maktablarning boshlangʻich sinflari oʻqituvchilari ishtirok etdilar. Ular dastlab respublika oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining dotsentlari G. Yusupova, Z.Mangitboyevalarning mavzu yuzasidan maʼruzasini tingladilar. Bu borada oʻqituvchilar ham oʻz fikr – mulohazalarini bildirdilar, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶