17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:02
Jamiyat 👁 594

YoSh OILALAR HAMIShA DAVLATIMIZ EʼTIBORIDA

YoSh OILALAR HAMIShA DAVLATIMIZ EʼTIBORIDA

Yoshlar – kelajagimiz, mamlakat taraqqiyotining yetakchi kuchi.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga eʼtibor masalasi davlat siyosatining  ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, hayotda, faoliyatda, ilm-fanda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarni doimiy ragʻbatlantirib, qoʻllab-quvvatlash tizimli amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yosh oilalarga koʻrsatilayotgan eʼtibor yoshlar hayotiga avvalo xotirjamlik, koʻngillariga quvonch bagʻishladi. Joriy yilning 11-sentyabr sanasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 760-sonli Qarori ham mamlakatimizda istiqomat qilayotgan ibratli yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qarorga koʻra, 2019-yilda mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalarga 2116 ta arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka kreditlari asosida berilishi nazarda tutilgan.

Tumanimizda esa oʻtgan 2018-yilda 3 ta ana shunday ibratli yosh oilalar mavjud imtiyozlardan foydalangan holda arzon uy-joylar bilan taʼminlangan edi. 2019-yilda esa ijtimoiy hayotda faol ishtirok etayotgan, oʻzlari faoliyat yuritayotgan sohalarda katta yutuqlarni qoʻlga kiritgan 8 ta yosh oilaning  tanlov asosida roʻyxati shakllantirilib, qurilishi tugallanish arafasida turgan “Yoshlar uyi”dan kvartira bilan taʼminlanishlari uchun hujjatlari taxt qilib qoʻyildi.

Xoʻsh, “Yoshlar uyi”dan kvartira sohibi boʻlgan yosh oilalar uchun qanday imtiyozlar mavjud?

Avvalo shuni aytish kerakki, Qarorda aytilishicha, 2019-yilda qurilayotgan uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha boʻlgan qismi OʻzYoI mablagʻlari hisobiga  7-yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng boʻlgan foizli stavkada ssuda tariqasida ajratiladi.

Shuningdek, Qarorla qayd etilishicha, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berishda bir qator imtiyozlar belgilangan. Yaʼni, ipoteka krediti boʻyicha birinchi besh yil nihoyasiga yetgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi OʻzYoI mablagʻlari hisobiga toʻlanadi.

Bu kabi imtiyozlar mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, oʻzlari ishlayoyotgan sohalar rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan, sportda, sanʼat va madaniyatda, iqtisodiyotda hamda boshqa sohalarda katta yutuqlarni qoʻlga kiritayotgan namunali yosh oilalar uchun nafaqat imtiyoz, balki ham maʼnaviy ragʻbat, ham yuksak eʼtibordir.

Mahmud ShERMETOV, OʻzYoI tuman Kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026