TOʻYNI KIM OʻZARGA QILISh ShART EMAS
Ommaviy axborot vositalarida toʻy- hashamlar va oilaviy tantanalarni ixcham, dabdabalarsiz, kamchiqim qilib oʻtkazish borasida koʻplab fikr – mulohazalar bildirilayapti. Bu borada Oliy Majlis Senati va qonunchilik palatasi qabul qilgan qoʻshma qarorni kimdir maʼqullasa, kimdir qanday toʻy qilish har kimning oʻz xohishi emasmi, deya eʼtiroz bildirayotir. Mening nazarimda yillar davomida har kim oʻzi xohlaganicha , kim oʻzarga toʻy berib , urf- odatlarni “ bolalatib”, axiyri oʻzimiz dod deydigan holga yetib keldik.
bu maqolani yozishga undagan sabab boshqa.Odatda toʻy qilmoqchi boʻlgan odamlar tayyorgarlik koʻrayotirib, birov kulmasday boʻlsin, birovdan kam boʻlmasin , deb intiladi.Biroq har kimning oilasi oʻziga tan, oilasi imkoniyati bilan hisoblashmaydi. ng aytmoqchi boʻlganim – falonchi unday qildi, bunday qildi, demasdan ixcham, mazmunli toʻy oʻtkazish mumkin.Yaqinda umr boʻyi turli korxonalarda haydovchilik qilib keksalik yoshiga yetgan bir qarindoshim Mangʻit shahridagi “Safarboy ota” toʻyxonasida nevarasiga sunnat toʻy berdi. Toʻyga eng yaqin qarindoshlar, doʻst-birodarlar taklif etildi. Dasturxon juda serfayz, biroq spirtli ichimlik qoʻyilmadi. Dastlab mehmonlarning orasida bundan biroz ajablanganlar boʻldi, biroq toʻy juda tartibli , ortiqcha shovqin – suronlarsiz oʻtganidan hamma mamnun boʻlib tarqalishdi.
Mening nazarimda kimningdir choʻntagi koʻtarsa, tanigan- tanimaganni chorlab , borini dasturxonga toʻkib , isrofgarchilikka yoʻl qoʻyib, oʻzining kimligini koʻrsatib toʻy berishi shart emas.
Tursunboy AHMEDOV, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶