17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:01
Fan va taʼlim 👁 477

OʻQUVChILARGA HAM, OʻQITUVChILARGA HAM USTOZ

OʻQUVChILARGA HAM, OʻQITUVChILARGA HAM USTOZ

Joriy yilning 10-14-sentyabr kunlarida tumanimizdagi 67-sonli maktab ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Habiba Qoʻshayeva “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi – 2019” koʻrik-tanlovining mamlakat bosqichida ishtirokchilar bilimi, kasb mahoratini baholovchi hakamlar safida ishtirok etdi. Oʻz fani boʻyicha quyi bosqichlarda gʻoliblikka erishib, yakuniy zinaga yetib kelgan hamkasblarining har bir chiqishini zoʻr maroq bilan kuzatdi, zavqlandi, yutuq va kamchiliklariga xolisona yondashib, haqqoniy baholashga intildi . Shu barobarida oʻqituvchilarga, xususan, xalq taʼlimiga qaratilayotgan eʼtibor hamkasblari faoliyatida qanday namoyon boʻlayotganini yaqqol his qildi.

– Tanlovdan olgan taassurotlarim meni bilimlarimni muntazam oshira borib, darslarim samaradorligini yana ham oshirishga undadi, – deydi Habiba Qoʻshayeva.

U aslida ham tajribali muallimlardan. Shuning uchun ham dars bergan oʻquvchilari ona tili va adabiyot darsini puxta oʻzlashtirishadi. Har yili oʻquvchilar bilimlari sinovdan oʻtkaziladigan bellashuvlarda gʻoliblar safida uning ham oʻquvchilari boʻladi. 2017-2018 oʻquv yilida Hulkaroy Xudoyorova fanlar olimpiadasining tuman, Qoraqalpogʻiston bosqichlarida birinchi oʻrinni egallab, yakuniy bosqichda faol qatnashdi. Surayyo Sobirova esa tumanda kuchli oʻntalikka kirdi. 2019-yilda yana bir oʻquvchisi Sveta Xudoyorova “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston bosqichida 3-oʻrinni egallab, tashkilotchilar tomonidan 40 ta badiiy kitob bilan taqdirlandi.

Habibaning maktabda boʻsh vaqti deyarli boʻlmaydi. Chunki gumanitar fanlar uslubbirlashmasi raisi sifatida oʻqituvchilar bilan ham ishlashib, taʼlim berishdagi yangiliklar bilan tanishtirib boradi, uslubiy koʻmak beradi, barchani bolalarni oʻqitish uchun oʻzlari tinimsiz oʻqib-oʻrganib borishga undaydi, darslar jarayonini nazorat qiladi.

1999-yilda Nukus davlat pedagogika institutini tugatib kelganidan beri 67-sonli maktabda samarali mehnat qilib kelayotgan Habiba Qoʻshayevaning shu boisdan ham jamoasida, shogirdlari orasida mavqei yuksak. Ota kasbini tutgan mahoratli muallimaning rejalari ulugʻ – juda boy va jozibali ona tilimizni oʻquvchilarga chuqur oʻrgatish, ularning koʻnglida ona tilimizga hurmat uygʻotish, sofligini asrashga ruhlantirish. Biz uning ezgu maqsadlar yoʻlidagi mehnatlariga baraka tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026