“BAPKAMOL AVLOD” BOLALAP MAPKAZIDA “OChIQ EShIKLAP KUNI” TADBIPI OʻTKAZILDI
Shu yilning 14-sentyabrida tuman “Barkamol avlod” bolalar markazida 2019-2020 oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.
Tadbirga markaz toʻgaraklariga qatnashayotgan oʻquvchi yoshlar, ularning ota-onalari va barcha qiziquvchi aholi ishtirok etdilar.
Ular dastlab markazdagi mavjud toʻgaraklar haqida maʼlumotlar bilan tanishtirildi va mashgʻulotlar jarayonini kuzatdilar. Shuningdek, oʻtgan oʻquv yili davomida oʻquvchilarning koʻrik-tanlovlarda erishgan yutuqlari, ular mehnati mahsuli boʻlmish yumshoq oʻyinchoqlar, tikuvchilik, toʻquvchilik namunalari, turli modellarni qiziqib tomosha qildilar.
Shundan keyin markaz oʻquvchilari ijrosida ona Vatanni, baxtiyor bolalikni, ustozlarni ulugʻlovchi qoʻshiqlar yangradi, raqslar ijro etildi.
“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri barcha ota-onalarga, oʻquvchi yoshlarga manzur boʻldi, markaz toʻgaraklariga qiziqishlarini oshirdi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶