OTABEK PAHIMBOYeV – OSIYo YoŞLAP KONFEPENTsIYaSINING EKOLOGIYa YÖNALIŞIDA “ENG YaXŞI MAQOLA MUALLIFI” VA “ENG FAOL PAIS ÖPINBOSAPI” NOMINATsIYaLAPI ĞOLIBI BÖLDI
Şu yilning 6-8-sentyabr kunlari Toşkent şahrida köplab olovqalb, vatanparvar yoşlarni öz bağriga jamlagan Osiyo yoşlar konferentsiyasi bölib ötdi.
Özbekiston yoşlar ittifoqi va Özbek xalqaro huquq assotsiatsiyasi hamkorligida mamlakatimizda ilk bor ötkazilgan bunday nufuzli anjumanda yurtimizda hamda qöşni davlatlarda faoliyat körsatayotgan oliy taʼlim muassasalarining faol va iqtidorli talabalari 6 ta yönaliş böyiça öz bilimlarini sinovdan ötkazdilar.
Konferentsiya iştirokçilari safida Qiliçboy ovulining yuqori qişloq mahallasida tuğilib ösgan, hozir Qoraqalpoq davlat universitetining geografiya va tabiiy resurslar fakultetining 3 kursida tahsil olayotgan Otabek Pahimboyev ham bor. U yoşlar uçun öz iqtidorlarini namoyiş etiş imkoniyati yaratilgan anjumanda ekologiya yönalişi böyiça qatnaşdi va bu boradagi “Eng yaxşi maqola muallifi” hamda “Eng faol guruh raisi örinbosari” nominatsiyalari böyiça xalqaro darajadagi sertifikatlar bilan taqdirlandi. U rais örinbosari bölgan ekologiya guruhi “Özbekistonda ekologik madaniyatni oşiriş va yaşil iqtisodiyotga ötişning 5 yillik davlat dasturi” mavzusida işlagan loyihasi “Eng yaxşi loyiha” deb baholandi va faxrli birinçi örinni egalladi.
– Konferentsiyadan olgan taassurotlarimni söz bilan ifodalay olmayman. Guruhimiz işlab çiqqan loyiha birinçi öringa munosib körilganini, ekologik vaziyatni yaxşilaşga qaratilgan takliflarimizga yuqori baho berilgani bizni juda ruhlantirdi. Kelgusida bularga eʼtibor qaratilişiga işonçimizni oşirdi – deydi Otabek Pahimboyev.

Anjuman tugagaç, Oliy majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari, Özbekiston Ekologik partiyasi markaziy Kengaşi raisi B. Alixonov yoşlar bilan uçraşib, suhbatlaşdi. Şu yerning özida bir guruh yoşlar Özbekiston Ekologik Harakati jamoatçi inspektori qilib işga olindi. Otabek Pahimboyev ham Qoraqalpoğiston Pespublikasi böyiça vakil qilib tayinlandi. Ularga şu yerning özida guvohnoma ham taqdim etildi.
Otabek Pahimboyev erişgan yutuqlar biz ilk bosqiç talabalarini ham qunt bilan öqib örganişga, intilişga daʼvat etadi. Zero, bizning yurtimizda har bir yoşning öz iqtidorini namoyiş etişi uçun barça şaroitlar muhayyo.
Sevara Ismoilova
QDU 1-bosqiç talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶