31-avgust – Qatağon qurbonlarini yod etiş kuni: AVLODLAR QALBIDA QAYTA TUFILGAN BOBOOXUN SALIMOV
Hayot – kuraşlardan, qarama-qarşiliklardan iborat. Bu haqda juda köp yozamiz va gapiramiz. Mantiqan olib qaraydigan bölsak, bu töğri. Lekin hayot karvoniga qöşilib, yaşab ötayotgan insonlar uçun bu karvon yöllarida turfa mazmundagi kuraşlar silsilasida keçgan umrlari, turfa qarama-qarşiliklar jarayonlarida goh yengib, goh yengilib ötkazgan azobli kunlari, oylar, hatto yillar qançalik maşaqqatlarga töla bölganini, afsuski juda köp hollarda ular dunyodan ötgaçgina anglaymiz. Nima uçun juda köp hollarda, dedim?.. Çunki bu hayot karvoniga qöşilib yaşab ötgan köplab (balki yuzlab, minglab) ajdodlarimizning dolğali umr yöllari, el-yurt, ona Vatan ozodligi yölidagi fidoyiliklari haqida söz oçiş, ularning özlari hayotlik paytlarida eʼtirof etiş dahşat edi – aytgan til kesilardi, eʼtirof etgan yuraklarga xanjar urilardi. Taʼbir joiz bölsa, yurtdoşimiz, davlat va jamoat arbobi, ötkir siyosatdon, sermulohaza diplomat, yirik islohotçi, Xiva xonligi davrining huquq bilimdoni – Qozikalon Bobooxun Salimov şaxsi, uning mustaqillik yölidagi buyuk xizmatlari haqida yaqin-yaqinlargaça “çurq” etib söz oçilmaganining boisi ham şu vajdan ediki, uning nomiga kelajakni köra olmagan manqurtlar tomonidan “xalq duşmani” deya tamğa bosilgandi. Uni kelajak ufqlarini körib, idrok etolmaganlar mahv etdilar. Aksinça, istiqbol va taraqqiyot sari, ona yurt istiqloli sari qadam qöymoqqa intilgan köngillar uning nomini yuraklarida mangu asrab qoldilar.
Xöş, Bobooxun Salimov kim edi? Biz u haqida nimalarni bilamiz?
Köpçilik eldoşlarimiz – örta va keksa yoşdagi kişilar Bobooxun Salimov şaxsi haqida gap ketganda:
– Jumurtoğda, Eşonyop mahallasida yaşagan, juda bilimli odam bölgan, hatto Lenin bilan uçraşib, suhbatlaşgan, – deya eʼtirof etişadi. Ayrimlar tarixçi olim J.Rahimov qalamiga mansub “U Lenin bilan uçraşgan edi” (Toşkent, Özbekiston naşriyoti – 1988) kitobidan iqtiboslar keltirişga harakat qilişadi. Birov uni “xalq duşmani” sifatida qatağonga uçraganini aytsa, yana birov:
– Qizil imperiyaga xizmat qilgan, bölmasa, Lenin bilan uçraşarmidi, – qabilida tömtoq fikr bildiradi. Haqiqat esa...
Haqiqat şuki, oddiygina qilib aytadigan bölsak, Bobooxun Salimov xalq, millat, ona Vatan, bundan ham muhimi, mustaqillik fidoyisi edi. Bu haqda xorazmlik tarixçi va yozuvçi Umid Bekmuhammad özining “Xurşid Davron kutubxonasi” uçun maxsus tayyorlagan “Yirtilgan sahifalar sadosi” maqolasida batafsil söz yuritadi. Unga köra, “XX asr boşlaridan to 1929-yil – vafotigaça bölgan davrda Xorazm tarixida öziga xos mavqega ega bölgan Bobooxun Salimov Xiva xoni Qozikaloni Salimoxunning eng katta farzandi bölib, 1874-yilda Gurlan bekligida tuğiladi. Otasi – xonlikning Qozikaloni Salimoxun öğliga bobosining ismini beradi. Onasi bobosining ismini olgan öğlini “bobosining ismini qanday qilib aytaman”, degan vajda uni Bobooxun deb ataydi” va uning asl ismi Muhammad Karim bölsa-da, barça Bobooxun deb ataşga odatlanişadi.
Bobooxun Salimovning yoşligi ijtimoiy-siyosiy harakatlar avj olgan XX asr boşlariga töğri keldi va u bu jarayonga katta jurʼat va şijoat bilan kirib keldi. Natijada otasi vafotidan söng, Xiva xonligining eng yuqori lavozimlaridan biri Qozikalon vazifasini matonat va sabot bilan bajardi.
U öz faoliyatida mutaassib ruhoniylarning kirdikorlariga qarşi adolat bilan iş yuritdi, öz davrining yetuk ziyolilari bilan yaqin aloqa örnatdi, jamiyatdagi ilğor taraqqiyparvar kuçlar bilan birlaşib, ijtimoiy hayotda çuqur ildiz otgan salbiy munosabatlarni yöqotiş uçun safdoşlarini islohotlar ötkazişga undadi. U milliy ğururni, insonlar dilida jurʼat va jasorat tuyğularini uyğotuvçi şeʼrlar yozdi. Har qanday şaroitda ham haq sözni aytişdan, haqiqat, xalq erki va ozodligi uçun kuraşişdan toymadi. Vaholanki, uning bu harakatlari Xiva xoni Isfandiyorxonga yoqmadi, maʼlum muddat siyosatdan yiroqlaşib, Jumurtoğ yaqinidagi Eşonyop qişloğida dehqonçilik bilan şuğullanadi.
Uning erkparvar döstlari köp edi. Xivada madrasada birga öqigan döstlari, siyosat maydonida topişgan yor-birodarlari davrasiga yana qaytgan Bobooxun – Muhammad Karim Salimov 1917-yil 5-apreldagi Köhna Ark maydonida bölib ötgan tarixiy namoyişda qatnaşadi. Şu tariqa u yana siyosat maydoniga kirib keladi va hayotining asosiy qismi erk va mustaqillik uçun kuraşlarda ötadi. U 1920-yil 1-fevralda Xiva xoni taxtdan ağdarilib, muvaqqat hukumat tuzilgaç, adliya noziri vazifasiga tayinlanadi. 1920-yil 30-apreldagi 1-Butun Xorazm qurultoyidan söng tuzilgan nozirlar şörosi tarkibida yana adliya noziri vazifasida faoliyatini davom ettiradi.
Biz maqolamiz boşida Bobooxun (Muhammad Karim) Salimov mulohazakor diplomat, ötkir siyosatçi bölganligini qayd etgan edik. Uning ana şu fazilati bois 1920-yilning iyun oyida Xorazm xalq Jumhuriyati bilan Rusiya davlati örtasida kelişuv şartnomalarini tuziş uçun yuboriladigan delegatsiya rahbarligiga tayinlaşadi va Moskva şahriga jönatişadi. Delegatsiya rahbari Bobooxun Salimov qariyb 4 oy davomida Moskva şahrida yangi Xorazm xalq Jumhuriyatining Rusiya davlati tarkibidagi mustaqil Respublika sifatida tan olinişi uçun jon kuydiradi. Uning bu boradagi fidoyiliklari tarixçi Umid Bekmuhammad tomonidan alohida tartib berilgan “Bobooxun Salimov: “Kundaliklar” yoxud Kremldagi muzokaralar” mavzusidagi “Xurşid Davron kutubxonasi” uçun maxsus tayyorlangan Bobooxun Salimov xotiralarida batafsil hikoya qilinadi.
Bobooxun Salimov xotiralari. Bu şunçaki xotiralar emas, balki davr ruhi singgan, xalqning xohiş-irodasi aks etib turgan haqiqat manzaralaridir. U 23 moddadan iborat Umumiy ittifoqnoma, 15 ta moddadan iborat Tijorat ahdnomasi hamda 8 ta şartni öz içiga olgan harbiy ahdnomalarni tasdiqlatiş uçun Lenin huzuriga kirdi. Rusiya davlatining xorijiya komissari V.Çiçerin va uning muovini L.M.Karaxan kabi siyosatdonlar bilan qizğin muzokaralar olib bordi. Ahdnomalarning har bir bandi uçun keçgan qizğin bahslarda öz fikrida sobit turdi. Hatto ayrim siyosatçilarning: “Xorazm xalqi bunçalik erkinlik berişga arzimaydi” qabilidagi tösqinliklarini yengib ötdi, ruslar özlariga maqbul bölmagan moddalar örniga kiritgan ilovalarini rad etib, mustaqil Xorazm Jumhuriyati tomonidan işlab çiqilgan uçta ahdnoma (şartnoma)ni töliğiça tasdiqlatişga muvaffaq böldi. Bundan taşqari, 63 kun davom etgan muzokaralardan söng, B.Salimov yana bir umummilliy ahamiyatga ega işning ham uddasidan çiqdi. U Rusiya hukumati tomonidan hibsda saqlanayotgan eldoşlari Obidoxun va Saidulla töralarni ozod etiş uçun ruxsatnoma oldi. U Markaziy Osiyo Respublikalari vakillaridan birinçi bölib 1920-yil 19-oktyabrda, Kremlda RSFSR va XXR örtasida şartnoma imzoladigina emas, balki şu anjumanda nutq sözladi. U öz aql-zakovati, xalqparvarligi, ötkir diplomatik qobiliyati tufayli ahdnomalarga Rossiya manfaati ustun qöyilgan ilovalarni oldirib taşlaşga erişdi. Natijada Lenin, Çiçerin va Karaxan Xorazm Respublikasi manfaati uçun zid bölgan ilovalarni olib taşlab, şartnomalarni imzolaydilar. Bu – nafaqat Xorazm, balki Osiyo siyosiy iqlimidagi juda katta tarixiy voqea edi. Xalqona til bilan aytganda, Bobooxun Salimov boşçiligidagi delegatsiya Leninni özlari tayyorlagan Xorazm xalq Respublikasi mustaqilligi töğrisidagi şartnomani tan olişga majbur qiladi. Bu haqda maşhur turk ruhoniysi, Bobooxun Salimovning zamondoşi Anvar poşo: “Birodar Bobooxun, Osiyo iqlimining, xususan, Islom mamlakatlari xarob va beeʼtibor bölib, aksari yerlari musulmonlarning qölidan ketub turgan bir vaqtda siz ruslar birlan bul tariqa musulmonlarğa manfaatli ahdnomani Xorazm uçun yasaganingiz bir uluğ qahramonlik...” (U.Bekmuhammad, “Yirtilgan sahifalar sadosi” maqolasidan) deya yuqori baho bergan edi.
Bobooxun Salimov bor-yöği 55-yil umr kördi. Hayotining asosiy qismi siyosat maydonidagi kuraşlarda ötdi. U umrining har bir daqiqasini xalq ozodligi, mustaqilligi uçun baxşida etdi. Qişloqlarda maktablar oçiş, maktablar uçun darsliklar yoziş, adabiyot va maʼnaviyatni yuksaltirişda doimo oldingi safda turdi. Islomiy, fiqhiy, siyosiy bilimdonligi vajidan jaholatga qarşi ilm-u maʼrifati ila kuraşdi. Milliy ğururi, xalq irodasi sinişiga aslo yöl qöymadi. U hamişa xalqqa intildi, xalqim, ona Vatanim, deb jon bermoqqa şay turdi va ... Mustamlakaçilar tomonidan qora röyxatga kiritilgan Bobooxun Salimov 1929-yil tongida maxsus yöllangan guruh tomonidan Jumurtoğdagi Eşonyop qişloğidagi hovlisida otib öldirildi.
Bu tavqi laʼnatdan jabr-zulm körgan farzandi “Saodaddin ham 30-yillarning qatağonidan qoçib qutulolmay “xalq duşmani” deb qamaladi”. (U.Bekmuhammad, “Yirtilgan sahifalar sadosi” maqolasidan).
Bobooxun Salimov Jumurtoğdagi Salomat buva qabristonida mangu makon topgan. Hayit va bayramlarda Bobooxun – Muhammad Karim Salimov qabrini ziyorat qilgani olis-olis şahar va qişloqlardan odamlar kelişadi. Ular orasida istiqlolimiz uçun kuraşgan Jumurtoğning Eşonyop qişloğilik Bobooxun boboning avlodlari – Yoqutjon, Hadiyaxon, Saodaddin, Abdulloh, Hamidulloh, Şukrulloh kabi farzandlarining nevaralari, çevara-yu evaralari juda köp. Ular yuzlab, balki undan-da köproq.
Demak, istiqlol uçun kuraşganlarning ildizlari baquvvat, ular endi bobolari qon keçib, kuraşib barpo etgan uluğ mamlakatning istiqlol manzillarini yaratib, obod koşonalar barpo etib yaşamoqdalar. Demak, qatağon qurbonlari – şunçaki qurbonlar emas, ular erk yölida qirqilgan qanotlar, avlodlar yöliga tökilgan orzular. Bugungi avlod bu orzularga qanot bağişladi. Zero, samoga parvoz aylagan burgut qay makonga qönmoqni yaxşi bilgani kabi bugungi Istiqlol farzandlari ham qaysi yöldan, qaysi manzil tomon qadam taşlaşni yaxşi biladilar – Mustaqillik ufqlariga!
Bobooxun Salimovning qanotlari qirqilsa-da, u bugungi avlodlari qalbida qayta tuğildi, orzulari mangu yaşab qoldi va bu orzular uning avlodlari hayotiga ziynat bağişladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.
Suratda: Bobooxun Salimovning avlodlari – nevara-çevaralari va evaralari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶