Adliya bölimi tomonidan fuqarolarning 84 mln. 182 mingdan ziyod pul mablağlari undirib berildi
Inson huquqlarini himoya qiliş, aholining huquqiy savodxonligini oşiriş, qabul qilinayotgan qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ijroçilarga yetkaziş borasida Adliya bölimi tomonidan qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Şuningdek, mahalliy hokimiyat organlari qarorlarini huquqiy ekspertizadan ötkaziş, taşkilotlarning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, nazorat qiliş va metodik taʼminlaş kabi muhim vazifalarni ham bajarib kelmoqda.
Ötgan 6 oy davomida bölimga 131 ta ariza va şikoyat kelib tuşdi. Murojaatlarning 118 tasi hal qilindi. Ulardan 72 tasi qanoatlantirildi, 9 tasi rad etildi, 53 tasiga huquqiy tuşuntiriş berlib, 13 tasi taalluqliligi böyiça tegişli taşkilotlarga jönatildi.
Şu paytga qadar 150 nafar fuqaro şaxsiy qabulga kirgan bölsa, uning 50 tasini sayyor qabullar davomidagi murojaatlar taşkil qiladi. Murojaatlarning 134 tasi hal qilingan bölib, şundan 72 tasi qanoatlantirildi. Taalluqliligi böyiça 13 tasi tegişli taşkilotlarga yuborildi, 53 nafar murojaatçiga huquqiy tuşuntiriş berilgan bölsa, 3 ta murojaat körilmasdan qoldirildi.
Ötgan davr mobaynida bölim tomonidan tuman Maʼmuriy va Fuqarolik sudlariga fuqarolarning manfaati böyiça 32 ta daʼvo arizasi kiritildi. Mazkur arizalarning barçasi qanoatlantirilgan bölib, natijada 4 nafar fuqaroning pensiya tayinlanişdagi, 25 nafar fuqaroning farzandlariga tuğilganlik haqidagi guvohnomalarni oliş, 3 nafar fuqaroning iş haqi masalasidagi muammolariga çek qöyildi. Ayni paytda 1 ta fuqarolik va 1 ta maʼmuriy iş körib çiqiliş jarayonida.
Undan taşqari, inson huquqlarini himoya qiliş, yuridik xizmat faoliyatini taşkil etiş borasida, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda huquqni qöllaş amaliyoti böyiça 38 ta idora-taşkilotlarda 14 ta örganişlar ötkazildi. Örganişlar davomida aniqlangan qonunbuziliş holatlar böyiça idora-taşkilotlarga taqdimnomalar kiritildi. Taqdimnomalar asosida 21 nafar şaxs intizomiy javobgarlikka tortildi va fuqarolarning 84 mln. 182 mingdan ziyod pul mablağlari undirib berildi.
Bölim tomonidan norma ijodkorligi sohasida qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan 7 ta taklif berilib, tuman hokimining 3 ta qarori huquqiy ekspertizadan ötkazildi. Şuningdek, 43 ta davlat organlari va taşkilotlariga 537 ta qonun va qonun osti aktlari yetkazildi. Şu qatorda 4 ta idora-taşkilotga qonun va boşqa normativ hujjatlar ijrosini taşkil etiş böyiça uslubiy rahbarlik qilindi.
Yurtimizda keçayotgan ulkan özgarişlar va yangilanişlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qiliş va rağbatlantiriş birlamçi vazifalardan sanaladi. Aholining inson huquqlari böyiça bilimini, madaniyatini oşiriş, himoya qiliş va uni taʼminlaş har bir davlat organi qatorida Adliya bölimining ham asosiy vazifasi hisoblanadi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶