17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:03
Jamiyat 👁 541

“Yosh oilalar va qizlar” Respublika Konferentsiyasi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

“Yosh oilalar va qizlar” Respublika Konferentsiyasi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 28 yilligi hamda “Xalqaro yoshlar” kuni munosabati bilan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlari hamkorligida “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida “Yosh oilalar va qizlar” Respublika Konferentsiyasi doirasida 19-avgust kuni 16-sonli umumtaʼlim maktabida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Ushbu tadbir qizlarni yuksak odob-axloq tamoyillari, asosida tarbiyalash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, kasb-hunarga oʻrgatish, kiyinish va muomala madaniyatini oshirish, ongi va qalbini gʻoyaviy tahdidlardan himoya qilish, bugungi ezgu islohotlarga faol munosabatini shakllantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda ularni mustaqil hayotga tayyorlash kabi maqsadlarda tashkil qilindi.

Aytish joizki, soʻnggi yillarda Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Yosh iqtidorli qizlar safini kengaytirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali ish oʻrinlarini yaratish, iqtidorli qizlar zahirasini shakllantirish Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar tayyorlash, ularni jamoat ishlariga biriktirish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu jarayonda iqtidorli, intellektual salohiyati yuqori, bugungi kunda davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan qizlarimiz bilan birga faol boʻlmagan yoshlar ham qamrab olindi.

“Yosh oilalar va qizlar” Respublika Konferentsiyasi doirasida tashkil qilingan tadbirni tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi bosh mutaxassisi Gavhar Chimbaychiyeva ochdi va ishtirokchilarni tadbir maqsadi bilan tanishtirdi. Tadbirda “Oila” ilmiy-amaliy markazi tuman boʻlimi mutaxassisi Husnida Abduraxmanova hamda 16-sonli maktab direktori Ravshanoy Oʻrozboyeva soʻzga chiqdilar.

Ishtirokchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tikuvchilik yoʻnalishida mohir tikuvchi tadbirkor Tamara Yusupova tomonidan, toʻquvchilik yoʻnalishida Navbahor Qurbanbayeva, zardoʻzlik boʻyicha Xonimjon Ismoilova, milliy oʻyinchoqlarni yasash boʻyicha Oʻringul Xudoyberganova tomonidan 4 ta yoʻnalishda 20-25 nafar yosh qizlar ishtirokida “Kim nimaga qodir?” mavzusida “Mahorat darslari” oʻtkazildi.

Shuningdek 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ijtimoiy faol hamda uyushmagan qizlar ishtirokida deputat va turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan rahbar ayollar bilan “Men ham yetakchi boʻlaman”  mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Muqaddas Beknazarova maʼruza qildi. Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tadbirda 7 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ijtimoiy faol hamda uyushmagan qizlar, deputatlar, fuqarolar yigʻinlari xodimlari hamda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislardan jami 150 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdilar.

Bu kabi tadbirlar ayol-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kasb-hunar koʻnikmalarini rivojlantirish, pirovardida esa davlat va jamiyat ishlarida faol qatnashib, oʻzligini namoyon qilishlarida muhim omil boʻlishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026