OʻZBEKISTON XALQ ShOIPI SIPOJIDDIN SAYYID AMUDAPYoLIK OʻQUVChI-YoShLAP BILAN UChPAShDI
“Barkamol avlod” bolalar markazi tomonidan oʻquvchi-yoshlarning yozgi taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, shu asosda nuroniylar bilan oʻquvchi-yoshlarning davra suhbatlari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan muloqotlar, taniqli yozuvchi, shoirlar ishtirokidagi sheʼriyat va kitobxonlik kechalari oʻtkazilmoqda.
21-avgust kuni markaz toʻgaraklarida shugʻullanayotgan oʻquvchi-yoshlar uchun sheʼriyat kechasi tashkil etildi. Mustaqillik bayrami arafasida oʻtkazilgan ushbu tadbirda bolalar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston Xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va Yozuvchilar uyushmasi maʼsul kotibi, shoir Pustam Musurmon bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori Xonimjon Pajabova mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan izchil islohotlar, iqtidorli oʻquvchi-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda amudaryolik iqtidorli oʻquvchi-yoshlar erishayotgan yutuqlar haqida gapirib berdi. Oʻz navbatida mehmonlar “Barkamol avlod” bolalar markazi toʻgaraklari aʼzolarining ijodiy ishlar koʻrgazmasi bilan tanishdilar. Koʻrgazmaga qoʻyilgan ijod namunalariga yuqori baho berdilar.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va shoir Pustam Musurmon oʻquvchi-yoshlarga yangi sheʼrlaridan oʻqib berishib, sheʼriyat kechasiga yanada fayz kiritdilar.
Shuningdek, mehmonlar markazda tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.
Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid markaz kutubxonasiga jahon va oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandalari qalamlariga mansub 200 dan ziyod kitob sovgʻa qildi.

- Kitob – nafaqat insonni tarbiyalaydi, balki uni ezguliklar sari ilhomlantiradi, hayotiga maʼno va mazkun baxsh etadi, - dedi u oʻquvchi-yoshlarga oʻz sovgʻasini topshirayotib.
“Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida boʻlib oʻtgan sheʼriyat kechasi Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va shoir Pustam Musurmonlar tashrifidan yanada fayzli, bayramona ruhda oʻtdi.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶