2022-yilda aholini röyxatga oliş işlari olib boriladi
Mamlakatimiz aholisi sonini aniq hisoblab çiqiş, ularning jinsi, yoşi, oilaviy ahvoli, maʼlumoti, turmuş darajasi, yaşaş şaroiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boşqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari böyiça yagona maʼlumotlar bazasini yaratiş maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan “Özbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini röyxatga olişni ötkaziş kontseptsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi Farmon imzolandi.
Mazkur hujjat bilan tasdiqlangan kontseptsiyaga asosan Özbekistonda 2022-yilda aholini röyxatga oliş işlari olib borilişi közda tutilgan.
Kontseptsiyaga köra, har bir masʼul taşkilotlarga tegişli vazifalar belgilab berilgan va aholini röyxatga olişni ötkaziş böyiça vakolatli organ Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi hisoblanadi.
Mazkur jarayon 3 bosqiçda amalga oşirilişi nazarda tutilgan bölib, aholini röyxatga oliş barobarida, yana bir muhim vazifani bajariş közda tutilgan. Bu hududlarda xaritalaş, aholi punktlaridagi uylarning röyxatini tuziş bilan boğliq masala, turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini ötagan binolarni belgilab oliş bilan tegişli hududlarda uy-joy, sanoat obʼektlarini quriş hamda taʼmirlaş masalalariga oydinlik kiritiş mumkin böladi.
Bundan taşqari, farmonga muvofiq Özbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini röyxatga olişni ötkazişga doir kompleks çora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi. Mazkur farmon bilan mamlakatimizda 2022-yilda aholini röyxatga olişni ötkazişga kömaklaşiş böyiça respublka va joylarda hududiy komissiyalar taşkil etildi. Ularning asosiy vazifalari hududlarda aholini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş, ötkaziş va natijalarni eʼlon qilişga doir çora-tadbirlarning öz vaqtida hamda sifatli bajarilişini taʼminlaşdir.
Röyxatga oliş oliş jarayonida töplanadigan statistik maʼlumotlar endilikda yagona elektron ahborot tizimiga kiritiladi. Natijada respublikamizning şahari, tumanidan tortib, mahallasiyu köçasigaça, çekka qişloğu olis ovullarigaça aloqador barça maʼlumotni özida aks ettirgan yagona axborot bazasiga ega böladi. Bu qimmatli maʼlumotlar esa bugun, ertaga va yaqin kelajak avlodlarimiz uçun juda zarurdir.
Hamza Haytimbetov, Amudaryo tumani statistika bölimi boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶