Grant loyihasi doirasida “Eng yaxshi sovgʻa – kitob” aktsiyasi oʻtkazildi
Nuroniy jamgʻarmasi tuman boʻlimi va “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati tomonidan hamkorlikda “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” nomli grant loyihasi doirasida yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirishga va kitob mutolaasiga qiziqishlarini yanada orttirishga doir turli tadbirlar oʻtkazilib borilmoqda.
Yaqinda tumandagi “Oʻzdavkitob Savdo taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli kitob doʻkonida grant loyihasi doirasida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati tomonidan “Eng yaxshi sovgʻa – kitob” aktsiyasi tashkillashtirildi. Yoshlarni oʻz tengdoshlariga va yaqinlariga kitob sovgʻa qilishga daʼvat etish maqsadida oʻtkazilgan aktsiyada yoshlar bilan birga ota-onalar ham juda katta qiziqish bilan ishtirok etdilar. Tadbirda tahririyat xodimlari O.Xudoyberganova, M.Safarboyevlar grant loyihasi va loyiha doirasida oʻtkazilayotgan turli tadbirlar, ushbu aktsiya mazmun-mohiyati, koʻzlanayotgan maqsad va natijalar haqida maʼlumot berdilar.


Qiziqarli oʻtgan aktsiya davomida yoshlar tengdoshlariga, ota-onalar esa farzandlariga kitob doʻkonidagi turli mavzulardagi kitoblardan, oʻquv qoʻllanmalar va qurollar, lugʻatlardan olib, sovgʻa qildilar.
M.Xalillayeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶