QANGLI OVULI OBOD GÖŞAGA AYLANMOQDA
Mustaqillik yillarida aholi turmuş şaroitini yaxşilaş, fuqarolarning öz hayotlaridan rozi bölib yaşaşlariga erişiş, ovul, mahallalarda uyma-uy yuriş orqali turmuşlaridagi muammo va kamçiliklarni aniqlab, bartaraf etiş, intilişlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilayotgan eʼtibor mamlakatimizning çekka-çekka hududlarida ham öz aksini topmoqda.
Turkmaniston davlati bilan çegara hududda joylaşgan Qangli ovulida 3345 nafar aholi istiqomat qiladi. Şuning 3127 nafari özbek, 89 nafari qozoq, 30 nafari qoraqalpoq, 96 nafari turkman, şuningdek, tatar, qirğiz millatiga mansub aholi istiqomat qiladi.
Azal-azaldan şu hududda yaşab kelayotgan turli millat vakillarining töyi, maʼrakasi, quvonçi-şodligi bir, bir oila farzandlariday ahil, inoq yaşab kelişmoqda.
Ovuldagi mehnatga yaroqli 1730 nafar aholining 1169 nafari iqtisodiyot tarmoqlarida, 18 nafari kiçik korxonalarda, 181 nafari taʼlim muassasalarida, 60 nafari soğliqni saqlaş muassasalarida, 4 nafari madaniyat muassasalarida mehnat qilişadi. Şuningdek, 45 nafar odam quriliş sohasida işlaydi, uy mehnatida band bölganlar soni esa 75 nafarni taşkil etadi.
Mehnatga layoqatli, vaqtinça işsiz 568 nafar aholini iş bilan taʼminlaş, oilalarida daromad manbalarini yaratişlariga erişiş maqsadida tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilayapti.
Ovul aholisining 106 gektarlik tomorqa yer maydoni oilalar iqtisodi yuksalişiga sezilarli taʼsir körsatayotgan manbadir. Ular turli qişloq xöjalik ekinlarini barvaqt yetiştirib, öz oilasi ehtiyojidan ortganini bozorga olib çiqib sotib, elimiz dasturxoni tökinligiga ham munosib hissa qöşişayotir.

Şuningdek, aholining 1618 boş qoramoli, 76 boş qöy-eçkilari, 6500dan ziyod parrandalari ham daromadlari köpayişiga, turmuşi farovonlaşuviga asos bölayotir. Şundandir, 138 nafar aholi öz şaxsiy texnika vositalariga ega, bir-biridan fayzli köçalardagi deyarli barça uy-joylar zamonaviy uslubda taʼmirlangan obodonlaştirilgan, kökalamzorlaştirilgan.
Ovul hududida 67- va 29-sonli maktablar, 44-sonli maktabgaça taʼlim muassasasida aholi farzandlari taʼlim-tarbiya olişadi. Şuningdek, Qangli MMTP, Qangli QVP, Qangli madaniyat uyi, Xonjiğali biolaboratoriyasi, Quyi Qipçoq SIU va 18 ta fermer xöjaliklari faoliyat yuritadi.
Bugungi kunda ovul aholisiga 1 ta “Amudaryotutinuv” aktsiyadorlik jamiyatiga qaraşli, 9 ta xususiy dökonlar, 1 ta göşt sotiladigan dökon, 3 ta stadionlar, 3 ta sport maydonçalari, 8 ta maişiy xizmat körsatiş şohobçalari, şundan 5 ta tikuvçilik tsexi, 3 ta xarazlar xizmat körsatmoqda.
Maktabgaça taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya işlarining yaxşi yölga qöyilganligi, aholi orasida soğlom turmuş tarzi keng tarğib qilinganligi qöşni-qöşnilar, qarindoşlar orasida özaro mehr-oqibat barqarorligiga erişilgan. Natijada tufayli ovul hayoti tinç-osoyişta. Hudud joriy yil boşidan beri tumanimizning jinoyatçilikdan holi hududlaridan hisoblanadi.
Ovuldagi taʼlim-tarbiya muassasalarida öquvçi yoşlarning zamonaviy ilmlarni puxta egallaşlariga eʼtibor berilayotganligi va işsiz yoşlar orasida soğlom turmuş keçiriş ahamiyati keng tarğib etilayotganligi öz samarasini berayapti.
Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligini munosib kutib oliş va nişonlaşga qangliliklar ham özgaça şijoat bilan kirişayapti. Köçalar, hovli-joylar atroflari obodonlaştirilib, özgaça çiroy oçmoqda. Ha, Qangli ovuli aholisi mehnatlari bilan öz hududini obod va farovon göşaga aylantirmoqdalar.

Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶