Qurbon hayiti munosabati bilan tadbirkorlar nuroniylarga sovgʻalar ulashdi
Mamlakatimizda keksalarni, el farovonligiga munosib hissa qoʻshib, pensiya yoshiga yetgan insonlarni ardoqlash, mehr- oqibat koʻrsatish, holidan xabar olib turish-xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanadi. Buningdek urf - odatlarimiz qutlugʻ kunlarda, hayit bayramlarida, ayniqsa yaqqol namoyon boʻladi.
Shu yil 1-avgustda "Mangʻit" masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi Tursunboy Ahmedov 1 dona muzlatkichni, "Nilufar" xususiy doʻkoni rahbari Jamoliddin Najmiddinov oziq- ovqat mahsulotlari toʻplamini Mangʻit shahrining Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi faxriysi Sobir ota Nurullayevga Qurbon hayiti sovgʻasi sifatida taqdim etdilar va yaqinlashib kelayotgan muborak kun bilan qizgʻin qutladilar.
Shu kuni Xolimbeg ovul fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisi oʻrinbosarlari O.Ibragimov, B.Shomurodovlar ishtirokida ovulda istiqomat qiluvchi keksalar- Mavlon ota Jumaniyozov, Yangiljon momo Ollamova, Tursunoy Matqurbonovalarning xonadonlariga borib, holidan xabar olishdi va kiyim- kechak, oziq- ovqat mahsulotlari jamlanmasini sovgʻa qilishdi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶