17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 06:52
Jamiyat 👁 631

RUSLAN QOʻShAYeV – QORAQALPOGʻISTONNING ENG YoSh OLIY TOIFALI OʻQITUVChISI BOʻLDI

RUSLAN QOʻShAYeV – QORAQALPOGʻISTONNING ENG YoSh OLIY TOIFALI OʻQITUVChISI BOʻLDI

Taʼlim sohasiga joriy qilinayotgan islohotlar koʻp sonli oʻqituvchi-pedagog kadrlarning mavqeini oshirishga, ular mehnatiga xalqimizda hurmat uygʻotishga xizmat qilibgina qolmay, iqtidorli, intiluvchan yosh muallimlarning oʻzligini namoyon etishlariga ham imkoniyat yaratmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-son qaroriga ilova tarzida qabul qilingan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq har besh yilda oʻqituvchilar bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi. Shuningdek, ular oʻzlarining yozma arizasiga muvofiq navbatdan tashqari ham attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin. Bunda pedagog kadrlarning oʻquv fani boʻyicha malakasi, dars oʻtish mahorati, mehnati samaradorligi asosiy me-zon sifatida baholanadi.

Sohaga yangi qabul qilingan bu tartib tumanimizdagi 16-sonli maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Ruslan Qoʻshayevni ham oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazib koʻrishga undadi.

U 2013-yilda Qoraqalpoq Davlat universitetining geografiya fakultetining bakalavriat, 2015-yilda magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatib, 16-sonli maktabda oʻz pedagogik faoliyatini boshlagan edi.

Shu davr mobaynida pedagoglar oilasi vakili boʻlgan Ruslan Qoʻshayev butun yoshlik gʻayrat-shijoatini va mahoratini ishga solib, dars mashgʻulotlarini oʻquvchilari puxta oʻzlashtirishlariga intildi, darsdan boʻsh vaqtlarini ham oʻquvchilarining bilimini mustahkamlashga sarfladi. Natijalar yomon boʻlmadi. 2015-2016 oʻquv yilida oʻquvchisi Timur Hayitboyev Bilimlar bellashuvining Respublika bosqichida, 2018-2019 oʻquv yilida yana bir oʻquvchisi Sevara Boltaboyeva Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida qatnashishga muvaffaq boʻldi, saralash, tuman bosqichida yuqori ball toʻplab, kuchli 10 talikka kirganlari ham bor.

Ruslan 2017-yildan beri oʻz oʻquv fanining malakali mutaxassisi sifatida tumanimizdagi barcha maktablar geografiya fani oʻqituvchilariga trener oʻqituvchi boʻlib, geografiya fanini oʻqitishdagi mahoratini, taʼlimdagi islohotlarni, yangi interfaol usullarda dars oʻtish texnologiyalarini oʻrgatib kelmoqda.

Shularni inobatga olib va oʻz bilimiga tayangan holda u 2018-yilda attestatsiyadan oʻtishga qaror qilgan, bu sinovdan muvaffaqiyatli oʻtib, 1-toifali oʻqituvchi maqomini olishga erishgan edi.

Albatta, intilish va mehnat, oʻz ustida tinimsiz ishlab, bilimlarini oshira borish beiz ketmaydi. Ruslan Qoʻshayev maktab maʼmuriyati bilan maslahatlashib, yaqinda oʻz kasbi boʻyicha mahorati va bilimni yana bir bor sinab koʻrdi. Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, 90 ball baho olishga erishdi va Qoraqalpogʻistonning eng yosh oliy toifali geografiya fani muallimi boʻldi.

Har bir odamning yutuqlari – uning oʻz-oʻzini tarbiyalay olganida, ezguliklarga intilishida, mehnatsevarligida.

Ruslan Qoʻshayevning erishayotgan koʻpchilik ibrat olishga arzigulik natijalari zamirida uning tinimsiz mehnatlari mujassam.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026