AMUDAPYoLIK ELYoP MAShAPIPOV “MAPD OʻGʻLON” DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIPLANDI
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va iqtidori, intiluvchanligi bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh fidoyi va mard oʻgʻlonlarni 28-iyun kuni “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash haqida qaror qabul qilgan edilar.
Mukofotlanganlar orasida amudaryolik polvon, koʻplab xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindori Elyor Masharipov ham bor.
Elyor Masharipov boshlangʻich sinflarda oʻqib yurgan vaqtlaridanoq Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining dzyudo kurashi toʻgaragiga qatnashdi. Toʻgarak mashgʻulotlari, qolaversa, otasi, mashhur polvon Shomurod Masharipovning saʼy-harakatlari tufayli Elyorning kurashdagi mahorati, kuchi, bilimi tobora orta bordi. Natijada umumtaʼlim maktabini tugatish arafasida oʻz vazn toifasida Oʻzbekiston chempioni boʻldi va Chirchiqdagi Olimpiya zahiralari sport kollejida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Kollejda oʻqish davrida koʻpgina nufuzli, xalqaro musobaqalarda gʻolib boʻlib, Qoraqalpoq Davlat universiteti jismoniy tarbiya fakultetiga imtihonsiz qabul qilindi.
U Ukrainada boʻlib oʻtgan dzyudo kurashi boʻyicha Yevropa kubogi ochiq chempionatida bronza, Chexiyaning Liberek shahrida oʻtkazilgan Yevropa kubogi musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Muhtaram Prezidentimiz Qoraqalpogʻistonga 2017-yil oxiridagi tashrifi davomida Nukusda sportchilar bilan uchrashganida Elyor Masharipovga “Malibu” avtomobilini sovgʻa qilgan, uning sportda erishayotgan yutuqlariga ulkan baho bergan edi.
Yurtboshimizning eʼtibori, eʼtirofiga oʻz gʻalabalari bilan javob berishni vaʼda qilgan Elyor Masharipov hozir oliygohni tugatib, Oʻzbekiston Pespublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism guruhi katta ofitseri lavozimida namunali xizmat qilmoqda.
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini unga “Yoshlar kuni”ga bagʻishlab Nukus shahrida boʻlib oʻtgan bayram tadbirida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Paisi M.Yerniyazov tantanali suratda topshirdi.
Mukofot Elyor Masharipovni yana ham ulkan yutuqlarni zabt etishga chorlaydi, albatta.
Oygul Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶