QANGLI OVUL FUQAROLAR YIGʻINI HUZURIDA YaNGI KUTUBXONA TAShKIL ETILDI
19-iyul kuni Amudaryo tumanining ijtimoiy-siyosiy va ommaviy nashri - “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi ilovasi – “Mening oilam” gazetasining “Inson huquqlari – oliy qadriyat” nomli grant loyihasi doirasida Qangli ovul fuqarolar yigʻini huzurida huquqiy adabiyotlarga boy boʻlgan kutubxona tashkil etildi.
Kutubxona ochilishi tadbirini Qangli ovul fuqarolar yigʻini raisi Rustam Xudoyorov kirish soʻz bilan ochib, Qangli ovulida kutubxona tashkil etib, ovul aholisi maʼnaviy dunyosining boyishiga va huquqiy bilimlarining yanada yuksalishiga koʻmaklashishga bel bogʻlagan tuman jurnalistlariga oʻz minnatdorchiligini izhor qildi.

Tadbirda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi xodimi, jurnaliyat Oygul Rajabova soʻzga chiqib, tuman matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan grant loyihalari asosida tumanda 6 joyda xalq kutubxonalari tashkil etilganligi, gazeta, radio va televideniye orqali aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida kitobxonlik targʻibotini amalga oshirishga alohida eʼtibor berilayotgani haqida gapirdi.
Shundan keyin “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov, ovuldagi “Qumyop” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Jumaboy Matyoqubov, mehnat faxriysi Raʼno Ametova, 29-sonli maktab oʻqituvchisi Zaynab Sobirova va shu maktabning 7-sinf oʻquvchisi Ozoda Saidboyevalar soʻzga chiqdilar.
Ovul aholisi fuqarolar yigʻini qoshida 700 taga yaqin kitob fondiga ega boʻlgan yangi kutubxona tashkil etilganligidan benihoya xursand boʻldilar.
M.XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶