“TILOVMURODOV ShUKURULLO” KOʻPTARMOQLI XUSUSIY FIRMASI “IMZO AKFA” KOMPANIYaSI RASMIY HAMKORIGA HAM AYLANDI
“Tilovmurodov Shukurullo” koʻptarmoqli xususiy firmasi tashkil etilganidan beri tumanimiz aholisiga savdo, maishiy xizmat koʻrsatish bilan bir qatorda zamonaviy materiallardan oyna va eshik romlarini ham yasab, qurilish tashkilotlariga, mijozlarga yetkazib berib kelayotgan edi.
Yaqinda firma faoliyatida yana bir muhim yangilik joriy etildi: firma Toshkent shahridagi “Imzo Akfa” kompaniyasining rasmiy hamkori – dileriga aylandi. Endilikda bu yerda “Imzo Akfa” kompaniyasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning savdosi yoʻlga qoʻyildi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanada tuman hokimi oʻrinbosari M.Temirboyev, “Imzo Akfa” kompaniyasining viloyatlar boʻyicha menejeri R.Ubaydullayevlar soʻzga chiqib, yangi faoliyat turini yoʻlga qoʻyayotgan xususiy firma xodimlarini qutladilar va kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.
Tumanimizning turli hududlarida yangi-yangi inshootlar, hovli-joylar qad rostlamoqda. Albatta, “Imzo Akfa”dek maʼlum va mashhur kompaniyaning chiroyli, sifatli, koʻrkam mahsulotlari yangi hovli-joy qurayotgan yurtdoshlarimiz, yangi bunyodkorlik ishlarini olib borayotgan qurilish tashkilotlari uchun ayni muddao boʻladi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶