62-maktabda oʻquvchi qizlar ijod namunalaridan koʻrgazma tashkil etildi
Beshta tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida umumtaʼlim muassasalarda turli tadbirlar oʻtkazib borilmoqda. Bu oʻquvchilarning maʼnaviyatini yuksaltirish, dunyoqarashini yanada kengaytirish, kitoblarga qiziqishini oshirish, sportga oshno qilishda juda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Biz taʼlim olayotgan 62-sonli umumtaʼlim maktabida ham yozgi taʼtil boʻlishiga qaramasdan beshta tashabbusni targʻib qilish boʻyicha turli tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Maktabimizda Xotin-qizlar qoʻmitasi boshlangʻich tashkiloti raisi G.Yusupova tashabbusi bilan oʻquvchi qizlar qoʻl mehnati bilan tayyorlangan ijod namunalaridan koʻrgazma namoyish etildi. Koʻrgazmaga qoʻyilgan mustaqil ijod mahsullari milliylik va oʻzbekona urf-odatlarni aks ettirdi. Tadbirda eng yaxshi deb topilgan ijod namunalari uchun oʻquvchi qizlar turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar.
Koʻrgazma oʻqituvchi va oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Shahlo Qurolova,
62-maktabning 7-sinf oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶