17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 09:31
Jamiyat 👁 674

FAOLIYaTI HAVASGA LOYIQ YeTAKChI

FAOLIYaTI HAVASGA LOYIQ YeTAKChI

Har bir odamning umri jamiyatga daxldordir. Chunki har kim oʻzi yashayotgan jamiyat ravnaqi yoʻlida mehnat qiladi, umri davomida ezgu ishlar qilib, solih farzandlar tarbiyalab, el aro yaxshi nom qoldirishga intiladi. Bu yoʻlda unga orzu-umidlari goʻyo qanot bagʻishlaydi.

Oʻzi oʻqituvchi boʻlgani uchunmi, qipchoqlik Fotima Ibodullayeva qizi Qunduzoyning ham oʻqituvchi boʻlishini astoydil istadi, intildi. Har qanday ezgu ishning ibtidosi yaxshi niyatdir. Qunduzoy maktabni tugatib, oʻqituvchi boʻlishga astoydil ahd qilganida ham eng koʻp quvongan bobosi, taʼlim va Ikkinchi jahon urushi faxriysi Jumaboy Xolmurodov, onasi Fotima Ibodullayevalar boʻldi.

2009-yil Nukus Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatib, oʻzi taʼlim olgan 11-sonli maktabga ishga kelganida ota-onasi, yaqinlari, ustozlari ham juda sevingan, unga oq yoʻl tilagan edi.

– Qunduzoy Xolmurodova intiluvchan, izlanuvchan va tashabbuskor muallim sifatida jamoamizga oʻzgacha ruh, sogʻlom raqobat muhitini olib kirdi, –deydi maktab direktori Zulfiya Yusupova. – Natijada boshqa oʻqituvchilarimizning ham oʻz kasbiga masʼuliyati oshdi.

Qunduzoyning yoshlik gʻayrat-shijoati bilan sidqidildan qilgan mehnatlari hademay oʻz samaralarini bera boshladi, oʻquvchilari fan olimpiadasi, bilimlar bellashuvi va boshqa turli koʻrik-tanlovlarda sovrinli oʻrinlarni egallashdi.

Oʻziga xos tashabbuskor, intiluvchanligini inobatga olib, maktab rahbariyati ikki yil muqaddam uni yoshlar yetakchisi lavozimiga tavsiya qildi.

Bu ishonchni oqlashga chin dildan kirishgan Qunduzoy avvalo oʻquvchi-yoshlarga Yoshlar ittifoqi maqsadlarini tushuntirishga, ularni boshlangʻich tashkilot atrofida jipslashtirishga intildi. Oʻquvchilarning iqtidorini aniqlab, ularning koʻnglidagi orzu-niyatlarini tinglab, roʻyobi uchun kurashishga kirishdi, eng qobiliyatli bolalardan sinflarga sardorlar tayinladi.

Qunduzoy Xolmurodovaning intilishlari samarasi oʻquvchilar yutuqlarida aks eta boshladi. Xususan, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan “Eng namunali maktab sardorlar Kengashi” tanlovida maktab “Zamin yoshlari” guruhi 1-oʻrinni, “Eng namunali maktab sardorlar Kengashi” tanlovida “Amu gʻunchalari” guruhi 2-oʻrinni, “Eng namunali sinf sardorlar Kengashi” tanlovida “Nihol” jamoasi 2-oʻrinni oldi.

“Kamalak bilimdonlari” tanlovida “Nihol” jamoasi tumanda birinchi, Qoraqalpogʻistonda ikkinchi oʻrinni egallab, tashkilotchilar tomonidan kompyuter jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Qunduzoyning oʻzi “Eng bilimdon yoshlar yetakchisi” tanlovida 2-oʻrinni egalladi. “Eng bilimdon boshlangʻich tashkilot yetakchisi” degan sharafli nomga sazovor boʻldi.

Maktab oʻquvchilarining qay biri bilan suhbatlashmang, yoshlar yetakchisi rahbarligida erishayotgan yutuqlaridan quvonib soʻzlaydi.

– Oʻquvchilarimizning fanlar olimpiadasi, Bilimlar bellashuvi va boshqa turli koʻrik-tanlovlarda erishayotgan yutuqlarida Qunduzoyning hissasi bor. Hozir yana bir oʻquvchimiz Feruza Shomurodova Toshkent shahrida, respublika umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari orasida oʻtkazilayotgan ijodiy ishlar tanlovida ishtirok etayapti. Quyi bosqichlarda yaxshi natijalarga erishgani uchun shunday imkoniyatni qoʻlga kiritdi. Feruzaning bu yutuqlarida Guloyim Begjonova va Qunduzoy Xolmurodovaning oʻrni ulkan, – deydi Zulfiya Yusupova.

Baxt – amalga oshgan orzu-umidlardir. Ha chindan-da, odam yashar ekan, koʻngli doimo orzu-havaslarga limmo-lim boʻladi. Bu niyatlarning roʻyobidan ruhi togʻday yuksaladi, umri fayzli, mazmunli boʻladi.

Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, Qunduzoy Xolmurodovani chinakam baxtiyor ustoz, oila bekasi, mehribon ona, deya olamiz.

U qipchoqlik Omonboy Yerdoshev va Bozorgul Namatullayevalar oilasining orzu-havasli, toʻngʻich kelini, ichki ishlar xodimi Gʻayratjon Yerdoshevning rafiqasi, biri-biridan shirin Mohinur, Jasminalarning gʻamxoʻr onasi. Ular hozir imtiyozli ravishda “Yoshlar uyi”dan olgan xonadonida baxtiyor yashashmoqda.

Ha, Qunduzoy Xolmurodovaning hayoti, mehnat faoliyati havaslarga loyiq.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026