MTM TARBIYaLANUVÇILARI UÇUN “MILLIY MUSIQA ASBOBLARI TARONASI” DEB NOMLANGAN KONTsERT DASTURI NAMOYIŞ ETILDI
Bolalarni kiçkinaligidan musiqa va sanʼatga oşno etiş, yaxşi kuy-qöşiqlarni tinglab, ulardan ruhiy quvvat olib ulğayişiga şaroit yaratiş – kelgusida albatta, özining ijobiy samaralarini beradi. Sanʼatni qadrlagan, sevgan bola heç qaçon yomon yölga yurmaydi.
Ha, taʼlim-tarbiyada sanʼatning örni juda muhim!
Şu yil 27-iyun kuni Manğit şahridagi 7-sonli maktabgaça taʼlim muassasasi tarbiyalanuvçilari uçun 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi va ÖzMTDP tuman Kengaşi hamkorligida madaniy tadbir taşkillaştirilganidan közlangan maqsad – jajji bolajonlarning köngilli dam olişlariga, ularning dilrabo kuy-qöşiqlar tinglab, ulkan taasurotlar olişiga erişiş edi.

Tadbirni 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Yöldoş Abdalov oçdi va muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş va ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş böyiça ilgari surgan 5 ta muhim taşabbusi ijrosini taʼminlaş yuzasidan özi rahbarlik qilayotgan muassasada olib borilayotgan işlar haqida gapirib, boljonlar uçun tayyorlangan köngiloçar tomoşa ham ularga manzur bölişiga umid bildirdi.
ÖzMTDP tuman Kengaşi mutaxassisi Yulduz Örinboyeva taşkil etilayotgan madaniy tadbir bolajonlar maʼnaviyatini yuksaltirişga muhim hissa bölib qöşiladi, deb taʼkidladi.
Madaniy tadbirda bolajonlarga 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi öquvçilari tomonidan tayyorganlan maxsus “Milliy musiqa asboblari taronasi” deb nomlangan kontsert dasturi kiçkintoylar bop sahna körinişi namoyiş etildi.
Tadbirda faol qatnaşgan öquvçilar taşkilotçilar tomonidan rağbatlantirildi. Şuningdek, ötgan davr mobaynida “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi maʼrifiy-madaniy tadbirlarini tayyorlaş va ötkazişga yaqindan kömak berib kelgan 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Yöldoş Abdalov, öqituvçilari Qudrat Matsafoyev, Davlatyor Şomurodov, Bobur Mahmudovlarga ham partiyaning esdalik sovğalari topşirildi.
Madaniy tadbirni bolajonlar zör qiziqiş bilan tomoşa qildilar va unutilmas taassurotlar oldilar.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶