“YoShLAP KELAJAGIMIZ” JAMGʻAPMASI TUMAN FILIALI YoShLAPNI TADBIPKOPLIK FAOLIYaTINI YOʻLGA QOʻYIShGA ChOPLADI
Yaqinda Mangʻit Iqtisodiyot kolleji binosida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tuman hokimligi va boshqada hamkor tashkilotlar ishtirokida “Yoshlar kelajagimiz” jamgʻarmasi tuman filialining bir yillik faoliyati sarhisobiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Anjumanni Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi M.Shermetov ochdi va olib bordi. Tadbirda tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarining yoshlar yetakchilari, yosh tadbirkorlar, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, faol yoshlarning oʻziga xos tashabbuslarini aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, yoshlar bandligini taʼminlashga hissa qoʻshish maqsadida “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalarning tumandagi ijrosi va amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan “Yoshlar kelajagimiz” jamgʻarmasi Amudaryo tuman filiali rahbari P.Tursunboyev atroflicha maʼlumot berdi. “Yoshlar - kelajagimiz” jamgʻarmasining tuman filiali tomonidan yosh tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶