GIYoHVANDLIKKA QAPShI KUPASh TAPGʻIBOTIGA BAGʻIShLANGAN TADBIP OʻTKAZILDI
26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan shu yil 26-iyun kuni tumanimizning Boʻzyop ovulida "Giyohvandlik asr vabosi" shiori ostida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" deb nomlangan davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida ovul aholisi, faollari ishtirok etdilar. Ular dastlab ovul oqsoqoli M.Yeshchanov, hudud shifokori O.Adilboyev, profilaktika inspektori J.Ajimov, 10-sonli maktab boshlangʻich xotin- qizlar tashkiloti raisi ,U. Oʻrozimbetovalarning giyohvandlikning salbiy oqibatlari, inson umriga zararlari va qonunchiligimizda giyohvand moddalar isteʼmoli, savdosi, saqlash uchun belgilangan qonuniy choralar haqidagi maʼruzalarini tingladilar.
Tadbirda kun tartibidagi mavzu yuzasidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶