“Barkamol avlod” bolalar markazi tadbirlari oʻquvchi-yoshlar eʼtiborini qozonmoqda
Tuman “Barkamol avlod” bolalar markazi tomonidan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan qator tadbirlar oʻtkazildi.
1-iyun kuni Mangʻit istirohat bogʻida namoyish etilgan maxsus teatrlashtirilgan bayram tomoshasi “Bolalikning baxtiyor kuni” deb nomlandi. 2-iyun kuni “Dunyo bolalar nigohida” deb atalgan rasmlar koʻrgazmasi va baxtiyor bolalik, ozod va obod Vatan madh etilgan kontsert dasturi oʻtkazildi. 3-iyun kuni “Yashil olam sirlari” nomli koʻrgazma tashkil etildi. Koʻrgazmaga tashrif buyurganlar markaz tarbiyalanuvchilari ijrosida qoʻshiqlar ham tinglab, raqslar tomosha qildilar. Buningdek tadbirlar hafta mobaynida davom ettiriladi.
Oʻtkazilayotgan tadbirlar markaz toʻgaraklari tarbiyalanuvchilarining iqtidorini namoyish etishi bilan bir qatorda yozgi taʼtil kunlarida oʻquvchi-yoshlarning mazkur toʻgaraklarga qiziqishini oshirib, aʼzo boʻlishga jalb qilmoqda.
Gʻayrat JUMANIYoZOV, “Barkamol avlod” bolalar markazi monitoring va madaniy- ommaviy tadbirlar tashkilotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶