Beshta tashabbus ijrosi taʼminlanmoqda
Davlatimiz rahbari muhtaram Sh.Mirziyoyev yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edilar.
Tumanimizda bu topshiriqlar ijrosini taʼminlash yaʼni yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga yanada kengroq jalb qilish, kitob mutolaasiga qiziqtirish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish va xotin-qizlar bandligini oshirish borasida koʻpgina saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan 31-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchi yoshlar turli toʻgaraklarga jalb qilingan boʻlib, darsdan boʻsh vaqtlarida fanlarni chuqurroq oʻrganishlari, sanʼat sirlarini egallashlariga xizmat qiladi. Maktab Yoshlar ittifoqi yetakchisi Shahnoza Xoʻjamurodova oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini maqsadli, mazmunli oʻtkazishda maktab sardorlarini keng targʻibot olib borishga jalb qilmoqda. Natijada maktablardagi toʻgaraklar aʼzolari soni ortmoqda.

Muyassar XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶