17-may sanasigaça 37 ta OFY va MFYlarda fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi yakunlandi
ŞU KUNLAPDA TUMANIMIZDAGI OFY VA MFYLAPDA FUQAPOLAP YIĞINI PAISI (OQSOQOLI) SAYLOVI UYuŞQOQLIK BILAN DAVOM ETMOQDA.
Körsatilgan nomzodlarning özlari yaşayotgan hududlarni yaxşi bilişi, xalq tomonidan katta hurmat va eʼtiborga munosibligi saylov jarayonlarida yaqqol namoyon bölmoqda.
Şuni mamnuniyat bilan eʼtirof etiş kerakki, bölib ötayotgan saylovlarda OFY va MFY raisligiga nomzodlari qöyilgan ayol-qizlar ham muqobil nomzodlar orasida köp ovoz töplaşga erişmoqdalar. Xususan, “Boğ” MFYda ötkazilgan saylovda Maqsuda Pahimova, Toşyop ovulida bölib ötgan saylovda Gulşod Sobirova, Bobur OFYda ötkazilgan saylovda Gulbahor Peyimova, Kuyukköpir OFYda ötkazilgan fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovida Tamara Karimovalar köp ovoz bilan yiğin raisligiga saylandilar.
Yangiobod mahalla fuqarolar yiğini raisligiga Zebo Pajabova qayta saylandi.
Bugun, 17-may kuni Qipçoq ovul fuqarolar yiğinida bölib ötgan saylov ham oşkoralik va şaffoflik ruhida, saylovçilar vakillarining faolligida ötkazildi. Unda 265 nafar saylovçilar vakillaridan 254 nafari iştirok etişdi. Belgilangan rejaga muvofiq yiğin raisi (oqsoqoli) lavozimiga qöyilgan nomzodlar Satboy Nametov va Yuldaşboy Norboyevlar haqida saylovçilarga batafsil maʼlumot berilib, nomzodlarning maʼruzalari tinglandi. Yakdillik va jipslik asosida ötgan saylovda 162 ta ovozga ega bölgan Satboy Nametov yiğin oqsoqoli qilib saylandi.
Şu kuni Özbekiston MFYda ham yiğin raisi (oqsoqoli) saylovi bölib ötdi. Unda 270 nafar saylovçilar vakillaridan 261 nafari, yaʼni 97 foizi iştirok etişdi. Özini-özi boşqariş organlarida yiğin raisi (oqsoqoli) saylovi böyiça mavjud qonunçilikda belgilangan tamoyillar asosida taşkil etilgan saylovda saylovçilar vakillari ikki nomzod - Çarşamboy Qurbonboyev hamda Lolagul Safarboyevalar nomzodlari uçun ovoz berdilar. Eng köp ovoz töplagan nomzod Çarşamboy Qurbonboyev yiğin oqsoqoli qilib saylandi.
Tumanimizda joriy yilning 17-may sanasigaça 37 ta OFY va MFYlarda fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi uyuşqoqlik bilan jipslik asosida ötkazildi.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶