Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi mutaxassislari uyma-uy yurib monitoring oʻtkazmoqda
Xalqimiz azal-azaldan ozodlik, orastalikni yuksak insoniy fazilat sifatida qadrlab keladi. Oilalarda sogʻlom turmush tarzining barqaror boʻlishi, hovli-joylar atrofining goʻzal qiyofa kasb etishi shu yerda yashovchi kishilarning saʼy-harakatiga bogʻliq.
Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi tumanimizda yashovchi fuqarolarning turmushi obod, farovon boʻlishi uchun koʻpgina chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Ayni kunlarda qoʻmitaning mutaxassislari va vakillari uyma uy yurib, xonadonlarni tartibga keltirish, gullar oʻstirish, tomorqa madaniyati, obodonlashtirish, uylarni toza-ozoda saqlash boʻyicha monitoring oʻtkazmoqda. Ayollar bilan suhbatlashib, tushuntirish va targʻibot ishlari ham olib borilmoqda.
Tabiiyki, buningdek amalga oshirilayotgan ishlar kelgusida aholi turmush darajasini yaxshilashga, sifatini oshirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶