MIB xodimlari urush faxriylarini bayram bilan qutlashdi
Yurtimizda Ikkinchi jahon urush qatnashchilariga alohida mehr-muruvvat, eʼtibor qaratiladi, Xotira v qadrlash kuni arafasida ular ishtirokida uchrashuvlar oʻtkaziladi. Faxriylar yosh avlodga ibrat qilib koʻrsatish, xotiralarini tinglash uchun tadbirlarga ham taklif etiladi. Undan tashqari, faxriylarning xonadonlariga tashrif buyurilib, holidan xabar olinadi va sovgʻalar berilib, ehtirom koʻrsatiladi.
Ikkinchi jahon urushining qonli jang-u jadallarda ishtirok etib, gʻalabaga hissa qoʻshgan “Bogʻ” mahallasida yashovchi Y.Ortiqov, Navoiy nomli mahallada yashovchi S.Nurullayev, Qipchoq ovulida yashovchi B.Oʻtamurodovlar ham bugungi kunda eʼzozu ardoqda hayot kechirishmoqda.
9-may kuni Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi masʼul xodimlari ham urush faxriylarining xonadonlariga borib, ularni fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 74 yilligi bilan qutlashdi va sovgʻa-salomlar topshirishdi, nuroniylar bilan dildan suhbatlashib, urush xotiralarini tinglashdi.

- Urush faxriylari holidan xabar olish, ularga ehtirom koʻrsatish bizning sharafli burchimiz, - deydi MIB tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, 3-darajali yurist B.Kallixanov. – Biz ham, kelgusi avlodlar ham ular tufayli mana shunday tinch va dorilomon kunlarga yetishganimizni aslo unutmasligimiz kerak.

Nuroniy otaxonlar bugungi tinch-osoyishta kunlar uchun shukronalar aytib, eʼtibor uchun minnatdorchilik bildirdilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶