KITOB SAYLI OʻTKAZILDI
Yaqinda tuman “Barkamol avlod” bolalar markazida “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimining “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” nomli grant loyihasi doirasida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning kitobga, mutolaaga ishtiyoqini oshirish maqsadida “Kitob sayli” tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirni markazning oʻlkashunoslik va ekologiya yoʻnalishi uslubchisi M.Ortiqboyeva ochdi va olib bordi.
“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Oygul Rajabova tahririyat xodimlarining “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” nomli granti loyihasi doirasida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlar orasida kitobxonlik darajasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi. Kitob oʻqish ahamiyati haqida toʻxtalib, tahririyat qoshidagi tashkil etilgan kutubxonadagi mavjud kitoblardan markaz tarbiyalanuvchilariga olib oʻqishga tavsiya qildi.
Yoshlar 40 dan ziyod bu kitoblarni qiziqib koʻrdilar. Oʻqish istagida boʻlgan oʻquvchilar kutubxonaga aʼzo boʻlishga daʼvat etildi.
“Kitob sayli” koʻrgazmasiga qoʻyilgan oʻzbek mumtoz adabiyoti, jahon adabiyotining sara namunalari oʻquvchilarga juda manzur boʻldi.
(Oʻz muxbirimizdan).

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶