Tumanimizda “Sharaf lentasi” aktsiyasi oʻtkazildi
Yurtimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Sharaf lentasi” aktsiyasi oʻtkazilmoqda. Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tumanimizda ham ushbu aktsiya tashkil etildi.


Tinchligimiz va yorugʻ kunlarimiz uchun jon fido qilgan vatandoshlarimiz, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish bilan birga yoshlar ongiga inson qadri, uning xotirasini yod etish va sharaflash ulugʻ qadriyat ekanini singdirish maqsadida oʻtkazilgan aktsiyada Ittifoq sardorlari va faol yoshlar ishtirok etdilar. Vatanimiz bayrogʻi tasviri tushirilgan lentalar tumandagi Istirohat bogʻi, Dehqon va Buyum bozori, savdo doʻkonlari kabi aholi gavjum joylarda barchaga tarqatildi. Avtomobillarga milliy bayroq tasviri aks etgan nakleykalar ham yopishtirildi.



Ikkinchi jahon urushi yillarida yurt himoyasiga otlanib, Vatanga munosib xizmat qilgan yurtdoshlarimizga hurmat va ehtirom koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan aktsiya tumanimiz ahliga nihoyatda koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
M.Oʻrazimbetov,
ittifoqi tuman Kengashi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶