Mudofaa boʻlimi boshligʻi urush faxriylari xonadoniga tashrif buyurdi
Ikkinchi jahon urushida Vatanni himoya qilish va tinch-osoyishta hayot yaratish uchun fashizmga qarshi mardonavor jang qilgan qahramonlar, yaʼni urush faxriylariga juda katta eʼtibor, izzat-hurmat koʻrsatib kelinmoqda. El ardogʻidagi bu insonlarni qadrlab, ulardan muntazam xabar olib turish ezgu qadriyatlardan biriga aylangan.
Bayram arafasida tuman Mudofaa boʻlimi boshligʻi I.Nodirov tumanimizdagi urush faxriylari, tabarruk insonlar Sobir ota Nurullayev, Oʻtamurod bobo Bozorboyev, Yoʻldosh ota xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi va yaqinlashib kelayotgan bayram bilan qutladi. Ularga turli sovgʻa-salomlar topshirildi. Oʻtamurod bobo Bozorboyevga esa nogironlar aravachasi ham berildi.
Urush faxriylari oʻzlariga koʻrsatilgan eʼtibor va ehtiromdan nihoyatda mamnun boʻldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶