Xolimbeglik nuroniylar maktab oʻquvchilari bilan uchrashdilar
29-aprel kuni 35-sonli umumtaʼlim maktabida “Nuroniy” jamgʻarmasi Amudaryo tumani boʻlimining Davlat granti mablagʻi hisobidan moliyalashtirilgan “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” nomli loyihasi doirasida davra suhbati oʻtkazilib, unda Xolimbeg ovulida yashovchi mehnat faxriylari va oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

Davra suhbatini maktab direktorining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Bahrom Polvonov kirish soʻz bilan ochib, ushbu tadbirning maqsad va vazifalari toʻgʻrisida gapirdi. Shundan soʻng “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov soʻzga chiqib, mamlakatimizda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida ularni kitobxonlikka jalb etishga katta eʼtibor berilayotgani haqda, yoshlarning nuroniylar bilan uchrashuvlarini tashkil etish ularda milliy urf-odat va qadriyatlarimizga boʻlgan hurmat eʼtiborlarining oshishiga xizmat qilayotgani haqida gapirdi.
Davra suhbatida ishtirok etgan faxriylardan Zarifboy Asqarov, Bibihojar Sobirova va Ziyodboy Tangirberganovlar soʻzga chiqishib, yoshlarga koʻp kitob oʻqish, darslarni yaxshi oʻzlashtirish, kattalarni hurmat qilish, kichiklarga mehribon boʻlish, savob ishlarni koʻproq qilish yuzasidan oʻz nasihatlarini berdilar.
Davra suhbatida maktabning 10-sinf oʻquvchilaridan Diyorbek Chorshamov, Malika Rajabova, Farida Safarboyeva, Mirjalol Davlatboyev va Dilshoda Xalillayevalar soʻzga chiqishib, doimo aʼlo baholarga oʻqishga, boʻsh vaqtlarida koʻplab badiiy kitoblar mutolaa qilishga, Vatanimizga sodiq insonar boʻlib yetishishga soʻz berdilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶