Fan va taʼlim
👁 864
Fan oyligi yakuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi
Shu yilning 30-aprelida 45-sonli maktabda umumtaʼlim maktablarida estetika fanlari oyligi yakunlanishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda 5 “A” va 5-“B” sinflari oʻquvchilari bilimdonlik, epchillik va oila-roʻzgʻor ishlarida chaqqonlik, ozodalik borasida oʻzaro bellashdilar.

Shuningdek tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga shu maktab 7-sinf oʻquvchisi Ozoda Davlatboyevaning chizgan rasmlari koʻrgazmasi ham havola etildi. “Yurtim jamoli” deb nomlangan rasmlar toʻplami tomoshabinlarni ona yurtimiz goʻzalligini, nafosatini his etishga, ona tabiatimizni asrab-avaylashga undadi. Shuningdek, maktab badiiy havaskorlari ijrosida ijro etilgan raqslar barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.
Sherali Jumatov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶