Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori oʻzi oʻqigan maktabga kitob sovgʻa qildi
Mamlakatimizda keng miqyosda oʻtkazilayotgan “Kitob sovgʻa qil!” aktsiyasida davlat organlari va idora-tashkilotlar rahbarlari, deputatlar faol ishtirok etib, taʼlim muassasalari oʻquvchilariga turli mavzulardagi kitoblarni taqdim etishmoqda.
27-aprel kuni tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi Yendirboy Abdullayev ham Oq oltin ovulidagi oʻzi taʼlim olgan 50-sonli, 41-sonli maktablarga tashrif buyurdi va oʻquvchilar bilan uchrashdi. Oʻquvchilar bilan suhbat oʻtkazib, kitob mutolaasining ahamiyati, uning dunyoqarashni kengaytirish va maʼnaviyatni yuksaltirishdagi oʻrni haqida gapirdi.

Bosh shifokor har bir maktabga 30 donadan jami 60 dona kitoblarni kutubxonalarga sovgʻa qildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶