Jamiyat
👁 495
Davlat xizmatlari markazi uchun yangi bino qad rostlamoqda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining yagona xizmat injinering kompaniyasi buyurtmasiga binoan Mangʻit shahrida qad rostlayotgan Davlat xizmatlari markazi binosini Bahodir Toʻraboyev rahbarligidagi “Qurilish xizmat” MChJ quruvchilari bunyod etishmoqda. Loyiha qiymati 3310,0 mln soʻm boʻlgan mazkur qurilish obʼektini 2019-yilning 1-oktyabr sanasida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan boʻlib, ayni kungacha umumiy qurilish hajmining salkam 40 foizi bajarildi. Qurilish-payvandlash ishlarida 25 nafar malakali ishchilar faoliyat yuritishmoqda.
Suratda: (chapdan) qurilish-payvandlash brigadasi boshligʻi Javlon Shukurullayev va ishchi Azizjon Matsapoyev.
M.Shomurodov olgan surʼat.
R.Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶