17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 16:21
Jamiyat 👁 3,965

Prezidentning beshta tashabbusi – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlashda muhim dasturilamaldir

Prezidentning beshta tashabbusi – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlashda muhim dasturilamaldir

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizning qaysi viloyatida boʻlsalar-da, eng avval yoshlar taʼlim-tarbiyasini, maʼnaviyatini yuksaltirish borasidagi vazifalarga alohida eʼtibor qaratadilar. Joriy yilning 19-mart kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlar maʼnaviyatini yanada yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng ommalashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, sanʼat va madaniyat maskanlariga jalb qilgan holda yoshlar qalbida sanʼatga muhabbat tuygʻularini uygʻotish boʻyicha birlamchi vazifalar belgilanib, Prezident tomonidan beshta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 3-aprel kuni yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazib, har bir tashabbus boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturlari, mazkur dasturlar yuzasidan bildirilgan takliflar, bu takliflarni amalga oshirish mexanizmalriga alohida toʻxtaldi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning barchasi xalqimiz, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning ijtimoiy-maʼnaviy hamda madaniy hayotida juda katta voqea boʻldi.

Xususan, birinchi tashabbus boʻyicha yoshlarni sanʼat va madaniyat maskanlariga keng jalb etish, oʻz iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan Dastur loyihasiga koʻra, 2019-2020-yillarda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 2 million nafardan ziyod yoshlarni madaniyat va sanʼat sohasiga jalb etish toʻgʻrisida “yoʻl xarita”larini tasdiqlash koʻzda tutilgani muhim ahamiyatga ega. Dastur loyihasiga koʻra, endilikda sanʼatga qiziquvchi yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratiladi: musiqa va sanʼat maktablarida qoʻshimcha sinflar, madaniyat markazlarida turli xil havaskorlik toʻgaraklari, teatr jamoalari, bolalar ansambllarini tashkil etish orqali yoshlarni sanʼat va madaniyat sohasga qiziqtirish koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, yangidan quriladigan va rekonstrkutsiya qilinadigan, joriy taʼmirga muhtoj va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli roʻyxati shakllantirilish, chekka hududlarda yashovchi, ayniqsa, qishloq yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilayotgan eʼtiborning yorqin ifodasidir.

Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda sport inshootlari quvvatini yanada oshirishga qaratilgan boʻlib, Dasturga koʻra, tashabbus doirasida har bir tumanda keyingi 2-yil ichida yengil konstruktsiyali, sendvich papelli kichik sport zallarini barpo etish, ularga yoshlarni va aholini keng qamrab olish, ommaviy sport tadbirlari miqyosini kengaytirish koʻzda tutilgani nafaqat mamlakatimiz, balki tumanimiz xalqi uchun ham quvonchli voqea boʻldi.

Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishga oid chora-tadbirlar Dasturida Prezidentimizning uchinchi tashabbusi boʻyicha amalga oshiriladigan keng koʻlamli vazifalar oʻz aksini topgan. Dasturga muvofiq 2019-2020-yillarda tuman va shaharlarda, xususan, bizning tumanimizda ham raqamli texnologiyalar markazlarini tashkil etish va ularda bepul taʼlim berish Prezidentimizning yoshlarga, xalqimizga qaratilayotgan yana bir katta eʼtibori boʻldi.

Toʻrtinchi tashabbus maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturiga koʻra, har bir hududga 1 million donadan turli xil ommabop mavzudagi kitoblarni yetkazib berish koʻzda tutilgani, salkam bir oydan beri ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mamlakatimiz boʻylab keng quloch yoygan “Kitob sovgʻa qil!” aktsiyasida idora va tashkilotlar rahbarlari, deputatlardan tortib, oddiy fuqarolargacha ishtirok etishayotgani bu tashabbusning naqadar katta ahamiyatga egaligidan yaqqol dalolatdir.

Beshinchi tashabbus – hududlarda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Unga koʻra, 2019-2020-yillarda har bir tumanda yengil konstrkutsiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollar uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgani, ayollar ishlaydigan mazkur tikuv-trikotaj korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar bozorini topish va shu asosda bu korxonalarni rivojlantirishga qaratilgani xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha bajariladigan ishlarni yanada takomillashtirish imkonini beradi.

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus xalqimiz, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlash, maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim dasturiamal boʻlibgina qolmay, mamlakatimiz ijtimoiy-maʼnaviy hayotidagi dolzarb vazifalarni ado etish borasidagi aniq va puxta rejalashtirilgan qimmatli hujjat hamdir.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026