Deputat maktablarga kitob sovgʻa qildi
“Kitob sovgʻa qil!” aktsiyasi doirasida boʻlib oʻtayotgan tadbirlarda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ham faol qatnashmoqdalar.
2-aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan Kuyuk koʻpir ovulidagi 19-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Kitob sovgʻa qil!” aktsiyasi oʻtkazildi. Unda maktabning sobiq oʻquvchisi – xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori Xonimjon Rajabova ishtirok etdi va oʻquvchi-yoshlarga jahon adabiyoti namoyandalarining sara asarlarini sovgʻa qildi.

X.Rajabova shu kuni 21-sonli maktabda ham boʻldi, oʻqituvchi va oʻquvchilari bilan uchrashib, maʼnaviy-maʼrifiy mavzuda suhbat oʻtkazdi. Oʻquvchi-yoshlarga kitobxonlikning va kitobning inson hayotidagi oʻrni, tarbiyaviy ahamiyati haqida gapirib berdi hamda maktab kutbxonasiga 20 ta kitob sovgʻa qildi.
R.Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶