Döstini izlayotgan Ayapbergen oğaga yordam bering!
Inson umri davomida juda köp insonlar bilan uçraşadi, hamsuhbat, safardoş böladi, hatto uzoq vaqt birga, bir maqsad yölida xizmat qiladi. Lekin hayot söqmoqlarida uçratgan odamlarning hammasi ham yodimizda qolavermaydi.
Tahririyatimizga katta umid bilan kelgan, Nukus şahrida yaşovçi Ayapbergen Yerekeyev esa uzoq yillardan beri körmagan, bir bora uçraşib, diydorlaşmoq uçun izlab topaolmayotgan amudaryolik xizmatdan döstini har kuni öylaydi, dösti bilan boğliq xotiralarini eslaydi.
Uning ism-şarifi Xudoybergan Tajiyev edi, - deydi Ayapbergen oğa. – Istarasi issiq, mehribon, oqköngil, juda samimiy yigit edi. Harbiy xizmatda birga bölganmiz.
Ayapbergen Yerekeyevning aytişiça, Xudoybergan Tajiyev bilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahri yaqinidagi “Uç qizil” posyolkasida joylaşgan 34 33212-harbiy qismda 1982-yillarda maʼlum vaqt birgalikda xizmat qilişgan. Hayot turli sinovlarga, ikir-çiqirlarga töla. Ayrim sabablarga köra Ayapbergen Yerekeyev Xudoybergan Tajiyevning uy manzili yozilgan albomini yöqotib qöygan.
-Döstimni soğindim, undan köp yaxşiliklar körganman, uni topişimga yordam bering, - deydi közlari soğinç yoşlariga tölib Ayapbergen Yerekeyev.
Qadrli yurtdoşlar! Tumanimizning qaysidir hududida Ayapbergen oğa Yerekeyev soğinç bilan izlayotgan dösti Xudoybergan Tajiyev kim? U haqda bilganlar bölsa yoki agar döstining izlayotganidan xabar topgan Xudoybergan Tajiyev tumanimizda yaşayotgan bölsa, sado bering! Ikki döstning diydorlaşuviga, uçraşib, bir-birlariga bağrini oçib sevinişlariga yordam beraylik!
Maʼlumot uçun: Ayapbergen Yerekeyevni xizmatdoşlari “Alik” deb çaqirişgan. Uning uy telefoni raqami: 229-11-14, mobil telefoni: 90-654-71-18
Tahririyat telefon raqami 515-30-21, 515-31-86.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶