Bobur ovulida sektor rahbarining sayyor qabuli oʻtkazildi
Davlat organlari mansabdor shaxslarining aholi bilan bevosita muloqot qilib, joylarda sayyor qabullar oʻtkazilayotgani, murojaatlar tinglanib, muammolar oʻz yechimini topayotgani xalqimizning adolatga, davlatga, ertangi kunga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda. Ochiq muloqotlar aholiga munosib ish va turmush sharoiti yaratilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, yuzma-yuz muloqotlar xalqimizda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yuksaltiribgina qolmay, dunyoqarashini tubdan oʻzgartirib, odamlarni yaratuvchanlik va tashabbuskorlik sari chorlamoqda.
29-mart kuni Bobur nomli ovulda 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining sayyor qabuli oʻtkazildi.
Qabul jarayonida sektor rahbari Dilshod Ibragimov hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan masʼullar biriktirildi.
Murojaatlarning aksariyatini suv, elektr taʼminoti, yoʻl, tibbiy xizmat koʻrsatish masalalarida boʻldi. Mazkur murojaatlar mutasaddilarni jalb qilgan holda oʻrganilib, muammolarni qisqa muddatlarda ijobiy hal qilish boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berildi.

Shu bilan birgalikda sektor rahbari tomonidan mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari hamda profilaktika inspektorlariga hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalarini berildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶