#bookchallenge: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Amudaryodagi taʼlim muassasalariga kitoblar sovgʻa qildi
2019-yil 28-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Zumrad Bekatova hamda Joldasbay Abdijamilovlar Amudaryo tumanida boʻlib, tumanimizdagi taʼlim muassasalariga tashrif buyurdi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning rahbarlarga oʻzlari taʼlim olgan maktablar kutubxonalariga kitoblar sovgʻa qilish boʻyicha tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan holda deputat Z.Bekatova Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining axborot-resurs markaziga va oʻzi taʼlim olgan 15-sonli maktab kutubxonasiga 50dan ortiq sara badiiy asarlarni sovgʻa qildi.

Maʼlumot oʻrnida: Bekatova Zumrad Raximbayevna 1968-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumanida tugʻilgan. Millati – oʻzbek, maʼlumoti – oliy. 1992-yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – terapevt shifokor. Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi aʼzosi, 2015-yildan buyon 3-Ellikqalʼa saylov okrugidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.
Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Zumrad Bekatova hamda Joldasbay Abdijamilovlar tumandagi 29-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶