6-SONLI MAKTAB SOBIQ OʻQUVChISI MAKTAB KUTUBXONASIGA BADIIY ASARLAR TAQDIM ETDI
Yoshlarning ayniqsa taʼlim muassasalari oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga erishish uchun kitob mutolaasiga keng jalb qilish, mutolaa madaniyatini oshirish shu barobarida ularni yot gʻoyalardan, mafkura maydonining xurujlaridan ishonchli himoya qilish – asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Maʼlumki, oʻquvchi-yoshlar aholining boʻsh vaqti eng koʻp qatlami hisoblanar ekan. Shu boisdan ham mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha taʼlim muassasalarida badiiy adabiyotlar jamlangan kutubxonalar mavjud.
Tumanimizdagi 6-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchi-yoshlarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarida mutolaa qilishlari uchun 350 tadan koʻproq badiiy adabiyotlar mavjud. Maktabning sobiq bitiruvchisi, tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri Oʻktam Qoʻshnazarov sinfdoshlarining maktabni bitirganlariga 20-yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkazilgan uchrashuvida 35 ta oʻzbek adabiyotining durdona asarlarini maktab kutubxonasiga sovgʻa qilganida oʻquvchilar behad sevinishgan edi.
Yaqinda, Navroʻz bayrami arafasida maktabning yana bir sobiq oʻquvchisi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi bosh shifokori Anvar Rajabov maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari uchun ajoyib tuhfa qildi. Bu tuhfani hech qanday moddiy boylikka qiyoslab boʻlmaydi. Yaʼni Anvar Rajabov oʻz hisobidan 204 ta turli mavzudagi badiiy adabiyotlarni maktab kutubxonasiga topshirdi. Shuningdek, taniqli adib, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Ali tomonidan berilgan 30 ta, Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi raisi, Muhammad Yusufning rafiqasi Nazira as-Salom taqdim etgan 25 ta kitobini adiblarning oʻquvchilarga tilaklari bitilgan xatlari bilan birga topshirdi.
Ushbu tadbir maktabda bayram tusini oldi.
Maktab direktori Matqurbon Rajabov maktabning sobiq oʻquvchisi Anvar Rajabovga ushbu xayrli ishi uchun maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi.
A.Nafasov,
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶