HAP KUNINGIZ NAVPÖZ BÖLSIN, AZIZ VATANDOŞLAP!
Ona yurtimiz uzra bahor öz sepini yoyib, borliqni gulga burkadi. Xalqimizning ming yilliklar bilan böylaşgan milliy-maʼnaviy qadriyati, hayot bayrami – Navrözi olam kirib kelmoqda. Quyoşning hamal burjiga kirişi, keça va kunduzning tenglaşişi, tabiatda jonlanişning boşlanişi bilan boğliq bu umumxalq ayyomi katta şodiyona va xursandçilik bilan kutib olinmoqda.
Navröz bayramining ildizi juda olis tariximizga borib taqaladi. Örta Osiyo va yaqin Şarq, xususan, bizning diyorimiz xalqlari uçun Navröz tört ming yillik buyuk va boqiy anʼanalarni özida mujassam etgan uluğ ayyomdir. Xalqimizning yuragidan mangu joy olgan bu ayyom har birimiz uçun aziz va qadrlidir. Şuning uçun ham qadrliki, Navröz – asrlar davomida odamlarda ona yerga va tabiatga mehr-muhabbat, unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda böliş va ardoqlaş, mehnat qiliş, halol rizq topiş tuyğularini tarbiyalagan. Navröz bayrami kunlarida uruşlar töxtatilgan, gina-kuduratlar unutilgan, odamlar tinç va yaxşi qöşniçilik anʼanalariga intilganlar. Bundan ham muhimi, Navröz – xalqimiz hayotida bahoriy udumlarni boşlab bergan va inson bilan tabiatning azaliy uyğunligini özida mujassam etgan qutluğ va saodatli, rizq-rözga eltuvçi Yangi kun – dehqonçilik ayyomidir.
Xalqlarni, millat va elatlarni birlaştiruvçi urf-odat va anʼanalari, farzandlarimizni yaxşilikka, maʼnaviyat va maʼrifatga, mehnatsevarlik va vatanparvarlikka, ona tabiatga mehr-muhabbatli bölişga çorlovçi ezgu şiorlari bilan juda katta maʼnaviy boyligimiz bölgan Navröz mustaqillik yillarida özgaça jilo va gözallik kasb etdi. Navröz bilan boğliq urf-odat va anʼanalar istiqlol tufayli xalqimizning bebaho maʼnaviy mulkiga aylandi.
Buni biz tumanimizning har bir ovuli va mahallasida bahorning ilk kunlaridanoq boşlanib ketgan sumalak sayllarida, etaklarini töldirib kök terayotgan qizaloqlarimizning quvonçlarida, dillarida ezgu niyatlari bisyor dehqon-u boğbonlarimiz, çorvador-u, sohibkorlarimizning tabiatidagi jöşqinlikda körişimiz mumkin.
Har bir mahalla, har bir köça, har bitta xonadonda Navröziy urf-odat va udumlarni kuzatiş, turli millat vakillari iştirokida ötkazilayotgan sumalak sayllari, tinçlik va osoyiştalikning ajib timsoli – bolajonlarimiz uçirayotgan varraklar parvoziga guvoh böliş, albatta, har dilga çeksiz quvonçlarni baxş etadi.
Bugun mustaqil mamlakatimizning har bir qariç yeri Navröz nafasidan xuş çiroy oçgan. Navrözona urf-odat va udumlar, anʼanalar xalqimiz qalbini ziynatlab, çor-atrofga orastalik baxş etgan. Farzandlarimizning quvonçlari çeksiz, momo va bobolarimizning şukronalari behisob. Tumanimizning barça hududlarida bahoriy tantanalar, Navrözona anʼanalar bilan boqiy qadriyatlar ayyomi avj olayotir!
Qadrli yurtdoşlar!
Navröz – boşlanayotgan Yangi kun ona zaminga soçgan har bir uruğimizga, çorva-yu ötloğimizga qut-baraka, xonadonlarimizga osoyiştalik, köngillarimizga xotirjamlik, oilalarimizga quvonç va baxt-saodat baxş etsin! Barçangizga Navrözi olam muborak bölsin!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶