Sen baribir muqaddassan, ayol!
Goʻzal va betakror yurtimizga bahor nafasi 8-mart – xotin-qizlar bayrami bilan kirib keladi. Diyorimizning barcha hududlarida ushbu bayramga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilib, munis va moʻʼtabar ayollarga ehtirom koʻrsatiladi.
Amudaryo akademik litseyida ham bayramga bagʻishlab “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi.
Amudaryo akademik litseyi, tuman Xalq taʼlimi, maktabgacha taʼlim boʻlimlari, tuman Tibbiyot birlashmasi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda litsey oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va “Nihol” mukofoti sovrindori Bunyodbek Saidov ishtirokidagi musiqiy dastur namoyish etildi.
Shuningdek, faol ayollarga oʻzlari mehnat qilayotgan soha rivojiga qoʻshgan hissalari uchun va bayram munosabati bilan faxriy yorliqlar, sovgʻalar topshirildi.
Aziz ayollar sharafiga bagʻishlab oʻtkazilgan bayram tadbiri barchaga bahoriy kayfiyat ulashdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶