MTMLAP QISQA MUDDATLI GUPUHLAPI TAPBIYaChILAPI UChUN OʻQUV SEMINAP OʻTKAZILDI
Shu yilning 1-mart kuni Toʻlqin ovulida joylashgan 24-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida tumandagi maktabgacha taʼlim muassasalarida tashkil qilingan qisqa muddatli guruhlar tarbiyachilari uchun “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini maktabgacha taʼlim muassasalariga joriy etilishi munosabati bilan oʻquv-seminar oʻtkazildi.

Bolalarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari asosida hamda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga muvofiq, ularning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish, bolalarni ilk rivojlantirish bosqichida ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oʻquv-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish borasida qisqa muddatli guruh tarbiyachilarning bilimlarini oshirish, oʻzaro tajriba almashishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan oʻquv-seminarda dastlab 24-sonli MTM tarbiyachisi Dilfuza Yoʻldosheva “Mening qishlogʻim” mavzusida ochiq mashgʻulot oʻtdi.
Shuningdek, barcha ishtirokchilar muassasadagi taʼlim-tarbiya jarayonlari bilan tanishdilar, oʻzaro fikr almashdilar, “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturida belgilangan vazifalarni faoliyatlariga joriy etish borasida bilimlarini oshirdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Oʻquv seminar tuman MTBning davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini va oʻqitishning muqobil shakllarini tashkil etish boʻlimi mudiri S.Bobojonova, metodisti Sh.Pajabovalar tomonidan tashkil etildi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶