25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 07:38
Jamiyat 👁 922

Pensiya va nafaqalar boʻyicha muammolar boʻlmaydi

Pensiya va nafaqalar boʻyicha muammolar boʻlmaydi

Mamlakatimizda faxriylarga, keksalarga, pensionerlarga, nogironligi boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan fuqarolarga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada davlat pensiyalarini tayinlash, moliyalashtirish, ularning toʻlanishini hisobga olish, toʻlovlarni nazorat qilish hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Prezidentimiz tomonidan bir necha farmon va qarorlar qabul qilindi. Moliya Vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimida ham 2019-yil «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi asosida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanda 2019-yil 1-yanvar holatiga jami pensiya, ijtimoiy nafaqa oluvchilardan yoshga doir pensiya oluvchilar 15615 nafarni, nogironlik boʻyicha pensiya oluvchilar 2360 nafarni, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilar 970 nafarni, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan qariyalar va boquvchisini yoʻqotganlar uchun ijtimoiy nafaqa toʻlanadiganlar 2025 nafarni tashkil etadi. Fuqarolarga pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlash masalalari jarayonida asosiy eʼtibor pensiyalarning qonun talablari asosida toʻgʻri tayinlanishi uchun korxona va tashkilotlar, arxiv idorasi tomonidan ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻri belgilanganligi joylarga chiqib tekshirilib, keyin toʻlovga oʻtkazilishiga qaratildi va bu oʻzining ijobiy natijalarini berdi.

2018-yil davrida mutaxassislar pensionerlar bilan uchrashib, mablagʻlarning maqsadli yetkazib berilishi yuzasidan monitoring ishlarini olib borishdi. Natijada tuman boʻyicha oʻtgan 12 oy davomida 9 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bu holatlar yuzasidan Xalq banki tuman filialiga tegishli tartibda chora koʻrish uchun maʼlumotlar taqdim etildi.

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi «Pensiya va nafaqalar toʻlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori asosida Xalq banki orqali pensiya toʻlovlari amalga oshirilmoqda.

Tuman boʻyicha 13645 nafar pensiya va nafaqa oluvchilarning MFYlar kesimida toʻlov roʻyxatlari shakllantirilib, oyiga oʻrtacha 8 mlrd. soʻmlik toʻlov vedomostlari har oyning uchinchi sanasiga qadar toʻliq Xalq banki filiallariga yetkazilmoqda. Bundan tashqari tuman hokimligi tomonidan OFY va MFYlar kesimida toʻlov kuni boʻyicha reja tasdiqlanib, pensionerlarning tashkil etilgan kassalarga navbat bilan kelishlari yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, tuman boʻyicha 5839 nafar yotib qolgan, yolgʻiz, kam taʼminlangan, 1-, 2-guruh nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxatlari alohida shakllantirilib, oyning oʻninchi sanasiga qadar ushbu toifa fuqarolarga pensiya pullari uylariga yetkazib berilmoqda.

Oʻtgan 2018-yil davomida ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarga pensiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, pensiya taʼminotini tashkil qilish sohasidagi yangiliklar va qonunchilik boʻyicha, Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparat tomonidan tasdiqlangan grafik boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻinlarida 67-marta sayyor qabullar oʻtkazildi, pensiya tayinlash va toʻlash masalalari boʻyicha tushuntirishlar berildi.

2018-yil mobaynida boʻlimimizga 14 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi va ularga tushuntirish berildi.

Prezidentimizning 2018-yil 12-dekabrda imzolagan Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha toifadagi ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻliq toʻlanmoqda.

Bu esa, keksa yoshdagi fuqarolarning pensiyaga chiqqandan keyin ham mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida teng ishtirokini taʼminlashga, yoshlarga oʻzlarining kasbiy mahorati, boy tajribalarini singdirishiga imkoniyat yaratadi.

Bundan tashqari, yuqori ish haqi hisobidan pensiyaga chiqqan fuqarolarimizga munosib pensiya miqdorini belgilash orqali ijtimoiy adolat printsipini qaror toptirish maqsadida ushbu Farmonda pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirildi.

Muxtasar qilib aytganda, boʻlimimiz xodimlari bundan keyin ham aholiga pensiya xizmati koʻrsatish, pensiya va nafaqalarni qonunchilikda belgilangan tartiblar asosida tayinlash, toʻlash va ularning monitoringini olib borish ishlarini yanada samarali tashkil etadi.

Oybek Jumanov, Byudjetdan tashqari

Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026